Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03 raqamli  Ilmiy kengash asosidagi Bir martalik Ilmiy kengashning yig’ilishi 2022-yil 14-iyul soat 10:00  va 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibi:

1.Xo‘jaqulov Sirojiddin Xolmahmatovichning 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) ixtisosligi bo‘yicha  “XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari tojik adabiyotida lirik janrlarning tadrijiy takomil tamoyillari (an’ana va novatorlik)” mavzuidagi filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi.

2.Eshonqulov Jumanazar Sha’bonovichning 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) ixtisosligi bo‘yicha  “Muhammadsiddiq Hayrat va XIX asr oxiri – XX asr boshida tojik she’riyati an’analari”  mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi.

3.Har xil masalalar.

Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Samarqand davlat universiteti, Bosh o‘quv binosi 1-qavat, 105-xona.