Bruney-Darussalam hukumati 2022-2023 o‘quv yilida Xalqaro talabalarga bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olish uchun grantlar ajratgan. Mazkur ta’lim granti o‘qish, yashash, ovqatlanish, xalqaro aviachiptalar va o‘quv materiallari bilan bog’liq bo‘lgan xarajatlarni hamda tibbiy sug’urta va oylik stipendiyani o‘z ichiga oladi. Grant doirasida tahsil olish 2022-yil iyul-avgust oylarida boshlanadi.

    Tanlov bilan bog’liq batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: http://www.mfa.gov.bn/Pages/bdgs/bdgs2022.aspx

    Nomzodlarning tanlov uchun to‘ldirilgan anketalari applybdgs2022@mfa.gov.bn elektron manziliga yuborilishi zarur. Hujjat topshirish muddati 2022-yil 15-fevral.

    Qo‘shimcha ma’lumot universitet xalqaro hamkorlik bo‘limidan olish mumkin: Tel: +998 66 240-28-53,  irossu1420@gmail.com