Osiyo tadqiqotlari markazi
Azim Malikov

Tarix fanlari nomzodi, dotsent, Osiyo tadqiqotlari markazi ijrochi direktori
Azim Malikov — tarix fanlari nomzodi, dotsent, ijtimoiy antropolog va tarixchi. 2025-yildan buyon Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti qoshidagi Osiyo tadqiqotlari markazi ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
U, shuningdek, Chexiya Respublikasidagi Palacky universitetining Osiyo tadqiqotlari kafedrasi hamda Sinophone Research Center ilmiy markazida o‘qituvchi va tadqiqotchi sifatida ilmiy faoliyat olib boradi.
Ilmiy qiziqishlari tarix, ijtimoiy antropologiya, islom, identiklik shakllanishi, tarixshunoslik, xotira siyosati hamda Osiyo mamlakatlarining transregional aloqalarini qamrab oladi.
Faoliyati davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Samarqand davlat universiteti hamda dunyoning nufuzli ilmiy markazlari va universitetlari, jumladan Garvard universiteti (AQSh), Maks Plank jamiyatining Ijtimoiy antropologiya instituti (Germaniya), Xokkaydo universiteti (Yaponiya) va boshqa xalqaro ilmiy muassasalarda ilmiy izlanishlar olib borgan.
Azim Malikov xalqaro ilmiy loyihalar va konferensiyalarning faol ishtirokchisi bo‘lib, Osiyo tadqiqotlari, tarix va antropologiya yo‘nalishlarida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Feruza Rashidova

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Osiyo tadqiqotlari markazi direktor o‘rinbosari
Feruza Rashidova — tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2006-yildan buyon Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.
2019-yilda “O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning o‘rni (tarixiy yondashuv)” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
2025-yildan buyon Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti qoshidagi Osiyo tadqiqotlari markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy faoliyati O‘zbekistonning zamonaviy tarixi, iqtisodiy tarix, xalqaro investitsiyalar, Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik hamda tarixshunoslik yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Feruza Rashidova 1 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma va 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Uning ilmiy ishlari orasida Scopus bazasiga kiruvchi nufuzli jurnallarda chop etilgan maqolalar ham mavjud. Xalqaro ilmiy konferensiyalar va tadqiqot loyihalarida muntazam ishtirok etib, Osiyo tadqiqotlari sohasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Tarix fakulteti qoshidagi
Osiyo tadqiqotlari markazi
Osiyo tadqiqotlari markazining maqsadi — Osiyo mintaqasining tarixi, madaniyati, diniy jarayonlari, siyosiy va ijtimoiy rivojlanishini kompleks va fanlararo asosda o‘rganish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish.
Assosiy vazifalar
- Osiyo mamlakatlari bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
- Fanlararo tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va grantlar asosida qo‘llab-quvvatlash.
- Xalqaro konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish.
- Ilmiy maqolalar, monografiyalar va tahliliy hisobotlar nashr etish.
- Magistratura va doktorantura bosqichlari uchun maxsus kurslar ishlab chiqish.
- Yosh tadqiqotchilar va doktorantlarni ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
- Osiyo mamlakatlari universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
- Osiyo mamlakatlari tarixiga oid ilmiy ma’lumotlar bazasi va elektron resurslar yaratish.
- Osiyo xalqlari madaniy merosini ommalashtirishga qaratilgan ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.
Strategik maqsadlar
Osiyo bo‘yicha fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirish
Osiyoning tarixi, siyosati, dini, madaniyati va jamiyatlarini o‘rganish. Gumanitar va ijtimoiy fanlarni integratsiya qilish (tarix, antropologiya, iqtisodiyot, dinshunoslik). Qiyosiy va transregional tadqiqotlarni rivojlantirish (Markaziy, Janubiy, Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo).
Jahon darajasidagi akademik bilim ishlab chiqarish
Fundamental va amaliy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash. Monografiyalar, ilmiy maqolalar nashr etish. Alohida mintaqalar bo‘yicha ekspert maktablarini shakllantirish (masalan, Markaziy Osiyo, Xitoy tadqiqotlari, Osiyoda Islom va boshqalar).
Osiyo bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash
Magistratura va doktorantura dasturlari. Til tayyorgarligi (ingliz, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, hind va boshqalar). Diplomatiya, xalqaro tashkilotlar, biznes va tahliliy markazlar uchun ekspertlar tayyorlash.
Xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish
Osiyo universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari. Qo‘shma konferensiyalar va ilmiy loyihalar.
Akademik mobillik dasturlari.
Ekspert-tahliliy va jamoatchilik missiyasi
Dolzarb siyosiy va ijtimoiy jarayonlar bo‘yicha tahliliy sharhlar tayyorlash. Ommaviy ma’ruzalar, seminarlar, madaniy tadbirlar tashkil etish.
Asosiy vazifalar: Ilmiy-tadqiqot vazifalari
Grant loyihalarini tashkil etish. Dala tadqiqotlari va arxiv ishlari olib borish.
Raqamli ma’lumotlar bazalari va elektron arxivlar yaratish. Yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash (postdoc, doktorantlar).
Ta’limiy vazifalar
Osiyoning tarixi va zamonaviy jarayonlari bo‘yicha o‘quv kurslari ishlab chiqish. Taklif etilgan professorlarning ma’ruzalarini tashkil etish. Fanlararo seminarlar o‘tkazish.
Tashkiliy-akademik vazifalar
Xalqaro seminarlar o‘tkazish. Dolzarb masalalar (tarix, madaniyat, etnologiya) bo‘yicha ekspert platformalarini yaratish.
Madaniy-ma’rifiy vazifalar: Osiyo haqidagi bilimlarni ommalashtirish. OAV va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.

