SamDUning fizika fakultetida “1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda univerersitet rahbariyati, fakultet professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad: yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat edi. O‘zaro qizg‘in muloqotlar tarzida kechgan mazkur tadbir talabalar bu mavzuga befarq emasliklarini, da’vosi yo‘q bu illatga qarshi kurashishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatdi.

Axborot xizmati