Kafedra mudiri

Fayzullayev Normurot Ibodullayevich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +99890 503 14 47
  •  Elektron pochta: faysullayev72@inbox.ru

Biografiya

1989-1994 yy. – Samarqand davlat universiteti talabasi.
1994-1994 yy. – Samarqand davlat universiteti assistenti. 
1994-1998 yy. – Samarqand davlat universiteti aspiranti.
1998-1999 yy. – Samarqand davlat universiteti assistenti.
1999-2002 yy. – Toshkent kimyo-texnologiya instituti doktoranti
2002-2007 yy. – Samarqand davlat universiteti assistenti
2008-2018 yy. – Samarqand davlat universiteti dotsenti
2018-2020 yy. – Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi professori 
2020 y. h.v. – Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri

 

Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi 2020 yilda tashkil etildi. 
Ayni vaqtda kafedraga texnika fanlari doktori professor N.I.Fayzullayev rahbarlik qilmoqda.
Kafedra xodimlari bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan xalqaro, respublika va mintaqaviy konferensiyalarda faol ishtirok etmoqdalar. 
O‘tiladigan fanlarni o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash borasida talaygina ishlar qilingan bo‘lib, kafedra xodimlari tomonidan 4 ta darslik, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va 4 ta monografiya yozilgan. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarining elektron variantlari, ma’ruzalar matnlari tayyorlangan va platformaga joylashtirilgan. Kafedraning salohiyati: 3 nafar professor-o‘qituvchilardan 2 nafari ilmiy darajaga ega. Shundan bir nafari fan doktori va bir nafari fan nomzodidir. 1 nafari Nyu-York FA ning faol a’zosidir.
Kafedrada 2020 yili 22 ta SKOPUS va 2 ta Web of science bazasiga kiruvchi jurnallarda hamda 50 dan ortiq yuqori IMPAKT FAKTORLI jurnallarda ilmiy ishlar chop ettirildi, professor-o‘qituvchi va talabalarning ishlari xalqaro va Respublika mikyosidagi konferensiyalarda e’lon qilinmoqda.

Kafedrada 
Kafedrada 5320400 – Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi ixtisoslik bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda.
 

Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari
Bakalavr yo‘nalishi
Umumiy kimyoviy texnologiya 
Umumiy ta’limning xuquqiy asoslari va mi’yoriy hujjatlari 
Kimyoviy texnologiya asoslari 
Kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari 
Polimer moddalar texnologiyasi 
Ishlab chiqarish amaliyoti