Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi

Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi mudiri

 

  •  Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998 99 3110183
  •  Elektron pochta:

Biografiya

 

 

Kafedra tarixi: Kafedra 2017 yil 11-yanvarda yangi tashkil etilgan «Amaliy matematika va informatika» fakulteti tarkibida ochilgan.

Unga 2017 yil 11-yanvardan f.-m. f.n., dotsent I.N. Bozorov mudirlik qilib kelmoqda. 

Kafedrada 5 nafar fan nomzodi – dotsent, 1 nafari falsafa doktori (PhD, matematika), 2 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 9 nafari asosiy ish o‘rnida ishlaydi.

Kafedrada hozirgi davrda amaliy matematika va informatika, informatika o‘qitish metodikasi, musiqa ta’limi, kasb ta’limi (tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, iqtisodiyot), geografiya, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ona tili va adabiyoti (rus tili), jismoniy madaniyat, sport faoliyati yo‘nalishlariga 15 tadan ortiq fanlardan dars berib kelmoqdalar. 

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan 2017-yilda  5 ta o‘quv qo‘llanma va 3 ta uslubiy qo‘llanma tayyorlandi. 

Kafedraning bosh ilmiy tadqiqot ishi mavzusi: Dinamik sistemalarni matematik modellashtirish va optimallashtirish usullari.

Ushbu bosh ilmiy tadqiqot ishi mavzusi doirasida barcha professor-o‘qituvchilar tomonidan doktorlik dissertasiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

2016-2017 o‘quv yilining o‘zida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan, 3 ta xalqaro ilmiy jurnallarda maqola, 2 ta Respublika ilmiy jurnallarida maqola, 6 ta xalqaro konferensiyalarida, 16 ta respublika konferensiyalarida, 3 ta oliy ta’lim muassasalari konferensiyalarida maqolalar chop ettirildi.      
 

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

  • TF_2.Transport logistikasi
  • QF.Latex muharririda ishlash
  • Operasiyalar tadqiqoti
  • Optimallashtirish usullari
  • TF_2-Diskret dinamik tizimlar
  • Informatika o’qitish metodikasi
  • Q.F. Javada grafik dasturlash
  • T.f.Informatika o’qitishning zamonaviy metodlari
  • AT va jarayonlarni matematik modellashtirish
  • Ta’limda axborot texnologiyalari
  • Axborot texnologiyalari
  • Geoinformatika
  • Axborot texnologiyalari va dasturlash asoslari
  • Fizik jarayonlarni kompyuterda modellash va dasturlash asoslari
  • Ijtimoiy sohada informatika va zamonaviy AT
  • O’yinlar nazariyasi va jarayonlar tadqiqoti