Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
maktabgacha ta'lim kafedrasi mudiri
Sulaymanova Dildora Nazarovna
+998977934229 dilya28sulaymanova87@gmail.com
Mustaqil tadqiqotchi. “Loyihaga asoslangan o‘qitish vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ tafakkurini shakllantirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. 2012-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyati yuritadi. 2022-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri. 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bugunga qadar Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 2 maqola chop etgan.
Maktabgacha ta'lim kafedrasi a’zolari
Tursunova Maxkamoy tursunovamahkamoy557@gmail.com
Pedagogika fanlari nomzodi, professor. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Maxkamoy Tursunova faoliyati davomida 1 monografiya, 1 darslik, 7 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 4 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. |
|
Fayzullayev Sharipboy Nurullayevich
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari(MTT)da bolalarni erkin ijodiy faoliyatga yo‘naltirish texnologiyasi bo‘yicha «Bog‘cha-maktab» innovatsion modelini yaratish” hamda “SamDU va WFK KOICA hamkorligida maktabgacha ta’lim tizimida ”Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fanini o‘qitishda bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni takomillashtirishning innovatsion modelini yaratish” ilmiy-texnik loyiha mavzusi ustida ish olib bormoqda. |
|
Akzamov Valeriy Baxriddinovich
Pedagogika fanlari nomzodi. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1995-yilda “Bлияние различаных концентрации NaCl на пищеварительного и транспортнего конвейера желудочного кишечного тракта у крыс” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Valeriy Akzamov o‘z faoliyati davomida AQSH va Rossiya Federatsiyasining yuqori reytingga ega bo‘lgan nufuzli jurnallarida 4 maqola chop ettirgan.
|
|
Eshnazarova Gulzoda Juraqulovna
Kafedra assistenti. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2011-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Gulzoda Eshnazarova faoliyati davomida 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. |
|
Marufova Munira Egamkulovna
Kafedra assistenti. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Munira Marufova faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
|
|
Karimova Aziza Mamatkadirovna
Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi assistenti. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida 1 darslik, 2 o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
|
|
Abduraxmanova Charos Burxanovna charosabduraxmonova344@gmail.com
Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi assistenti. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
|
|
Nazarova Dilnoza O‘razaliyevna
Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi assistenti. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
|
|
Maktabgacha ta’lim kafedrasi haqida
Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi 2018-yilda maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi nomi bilan tashkil etilgan. 2021-yil maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tashkil etilgach, kafedra maktabgacha ta’lim nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ushbu kafedrada bugungi kunda 2 nafar pedagogika fanlari nomzodi, professor, 1 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 1 nafar PhD va 7 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.
|
|
Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 15 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan. Shuningdek, 20 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etganlar.
Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari
Bakalavr
Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari
Maktabgacha ta’limning ijodiy faoliyat asoslari
Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi
|
|
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi
Maktabgacha pedagogika
MTda o‘qitish texnologiyasi va loyihalashtirish
Bolalar nutqini o‘stirish nazariyasi va metodikasi
Tanlov fan: Ilm yo‘li variativ dasturi
Tanlov fan: MTda o‘yinlar orqali bolalar nutqini o‘stirish
Tanlov fan: Savodxonlik
Maktabgacha ta’limda hozirgi zamon o‘qituvchisiga qo‘yilgan talablar
Tasviriy faoliyatga o‘rgatish nazariyasi va metodikasi
Bolalarning musiqiy ta’limi
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar