Samarqand davlat universitetida iqtidorli talabalari 

Samarqand davlat universitetida iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash va munosib rag’batlantirish borasida ijobiy an’analar shakllanib kelmoqda. Universitetda iqtidorli talabalarni ilmiy izlanish va ijodiy muhitga kirib kelishlari ularni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalari hamda talabalar Respublika fan olimpiadalari, turli tanlovlar, Davlat dasturi asosida bajarilayotgan ilmiy loyihalarga jalb etish hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, konferensiya va seminarlar, talabalar ilmiy jamiyatlari va konstruktorlik byurolariga jalb qilish, shuningdek ilmiy va ommaviy nashrlarda maqola, hikoya va she’rlarini chop etishlari va mustaqil ijodiy izlanishlar olib borishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Samarqand davlat universiteti talabalari har yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalari hamda talabalar Respublika fan olimpiadalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Mustaqillik yillarida 19 nafar talabalarimiz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 118 nafar talabalarimiz esa Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari bo’lishdi.

Talabalar Respublika Fan olimpiadalarida 180 nafardan ortiq talabalarimiz faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. Bundan tashqari har yili 20 nafarga yaqin talabalarimiz iqtidorli talabalarni rag’batlantirish maqsadida ta’sis etilgan akademiklar: Akbar Otaxo’jayev, Vohid Abdullayev va G’ofur G’ulom, Boturxon Valixo’jayev, Sa’di Sirojiddinov, Ibrohim Mo’minov, Yahyo G’ulomov, Qodir Zokirov va Jo’ra Saidovlar nomidagi universitet stipendiyalari sovrindorlari bo’lishadi.

Iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil qilish boʻyicha nizom

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limining 2021-2022-o'quv yili uchun ish rejasi

Talabalar ilmiy toʻgaragi toʻgʻrisida nizomi

Lapasov Voxid Akmal o`g`li,

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori

Lapasov Voxid Akmal o`g`li 2018-2019 o`quv yilida Samarqand davlat universitetining biologiya fakulteti “Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari” bakalavr ta’lim yo’nalishiga o`qishga qabul qilingan.

Lapasov Voxid Akmal o`g`li Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi.

Bugungi kunga qadar Lapasov Voxid Akmal o`g`lining 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

Lapasov Voxid universitetda o‘qishi davomida ilm-fanga, manaviy-marifiy tadbirlarga bo‘lgan qiziqishi va iqtidorini ko‘rsatib kelmoqda.

Lapasov Voxid Akmal o`g`li 2021-2022 o‘quv yilida “Qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi” ta’lim yo`nalishi bo`yicha O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Imomov Ulug`bek Ismoilovich,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Imomov Ulug`bek Ismoilovich 2018-2019 o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining tarix fakultetining “Tarix (Mintaqalar va mamlakatlar bo’yicha” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

Imomov Ulug`bek Ismoilovich namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

Bugungi kunga qadar Imomov Ulug`bek Ismoilovichning 15 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

Imomov Ulug`bek Ismoilovich 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Miyassarova Maxliyo Axmat qizi,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Miyassarova Maxliyo Axmat qizi 2019-2020-o`quv yilida Samarqand davlat universitetining inson resurslarini boshqarish fakulteti “Iqtisodiyot (Sohalar va tarmoqlar bo’yicha” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

Miyassarova Maxliyo Axmat qizi namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

Bugungi kunga qadar Miyassarova Maxliyoning 15 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

Miyassarova Maxliyo Axmat qizi 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Jalilova Muxlisa Zafarjon qizi,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Jalilova Muxlisa Zafarjon qizi 2019-2020-o`quv yilida Samarqand davlat universitetining filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o’qitish:o’zbek tili” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

Jalilova Muxlisa Zafarjon qizi namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

Bugungi kunga qadar Jalilova Muxlisaning 20 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

Jalilova Muxlisa Zafarjon qizi 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Abruyeva Moxigul Ilxomovna,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Abruyeva Moxigul Ilxomovna 2019-2020-o`quv yilida Samarqand davlat universitetining filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o’qitish:o’zbek tili” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

Abruyeva Moxigul Ilxomovna namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

Bugungi kunga qadar Abruyeva Moxigulning 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

Abruyeva Moxigul Ilxomovna 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Bekmuradova Iroda Zokir qizi,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Bekmuradova Iroda Zokir qizi 2019-2020-o`quv yilida Samarqand davlat universitetining filologiya fakulteti “Filologiya va tillarni o’qitish:o’zbek tili” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

Bekmuradova Iroda Zokir qizi namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

Bugungi kunga qadar Bekmuradova Irodaning 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

Bekmuradova Iroda Zokir qizi 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Isayev Mehroj Muzaffar o`g`li,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Isayev Mehroj Muzaffar o`g`li 2018-2019 o`quv yilida Samarqand davlat universitetining tarix fakulteti o`qishga qabul kilingan.

Isayev Mehroj turli tanlovlar va konferensiyalarda muntazam ishtirok etib keladi. Uning 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o`z ustida muntazam ishlaydi.

Isayev Mehroj O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Isayev Mehroj Muzaffar o`g`li 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Shank Valentina Vyacheslavovna,

Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Shank Valentina Vyacheslavovna 2019-2020 o`quv yilida Samarqand davlat universitetining sport faoliyati va san’at fakultetiga “Jismoniy tarbiya” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

Shank Valentina Vyacheslavovna namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

Bugungi kunga qadar Shank Valentinaning 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

Shank Valentina Vyacheslavovna 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Kamoliddinov Davlatjon Utkirxon o`g`li,

Ulug’bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Kamoliddinov Davlatjon Utkirxon o`g`li 2018-2019 o`quv yilida Samarqand davlat universitetining matematika fakulteti “Matematika” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

U o`zining ijodkorlik qobiliyati, odobi, xulqi, mehnatsevarligi, ilmsevarligi, insonparvarligi, yosh vatanparvar sifatida kelajakda etuk mutaxassis kadr bo`lib etishish uchun ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon qilib kelmoqda. Uning 10 dan ortiq ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o`z ustida muntazam ishlaydi.

Kamoliddinov Davlatjon 2020-yilda “Oliy matematika” fani bo`yicha talabalar Respublika onlayn fan olimpiadasida 2-o`rinni egallagan.

Kamoliddinov Davlatjon Utkirxon o`g`li 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Ulug’bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Esanov Otabek Olimjon o`g`li,

Ulug’bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Esanov Otabek Olimjon o`g`li 2019-2020 o`quv yilida Samarqand davlat universitetining raqamli texnologiyalar fakulteti “Amaliy matematika va informatika” bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

Esanov Otabek o`zining ijodkorlik qobiliyati, odobi, xulqi, mehnatsevarligi, ilmsevarligi, insonparvarligi, yosh vatanparvar sifatida kelajakda etuk mutaxassis kadr bo`lib etishish uchun ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon qilib kelmoqda. Uning 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari Respublika va viloyat jurnallari hamda konferensiya materiallarida chop etilgan.

Esanov Otabek “Restoranlar xizmatini avtomatlashtirish” “МиддлеСчоол onlayn o`quv tizimi” “Maxsus algoritimlar va texnologiyalarni saqlash tizimi”  mavzusidagi Respublika intellektual mulk qo`mitasi tomonidan patentlashtirilgan 3 ta dasturiy mahsulotga hammallif hisoblanadi. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o`z ustida muntazam ishlaydi.

Esanov Otabek Olimjon o`g`li 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Ulug’bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Oripov Xasan Abdivaxobovich,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori

    Oripov Xasan Abdivaxobovich 2018 – 2019-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari)” magistratura yo‘nalishiga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilingan.

    Oripov Xasan namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi hamda yetakchi talabalardan biri hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida u tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi bilan o‘zini ko‘rsatib kelmoqda.

    Oripov Xasan Abdivaxobovich 2016-yil ”Yuksak ma’naviyatli avlod” respublika festivalining viloyat bosqichida “Prezident asarlari bilimdoni“ nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egalladi.

    Oripov Xasan Abdivaxobovich 2016–2017-o‘quv yilida Navoiy nomli Davlat stipendiyasi, 2019 – 2020-o‘quv yilida pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Isaxonov Ja’farxon Akbar o‘g‘li,

Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori

    Isaxonov Ja’farxon Akbar o‘g‘li 2016-2017-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti “Ijtimoiy ish” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan. J.Isaxonov 2018-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi granti asosida «Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish» nomli loyiha bo‘yicha «Jamoatchilik nazorati – jamiyat barqarorligi omili» Respublika ilmiy-amaliy anjumanida 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2018-yil Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan «New Life Model United Nations» xalqaro
1-yoshlar konfrensiyasi tashkilotchisi, 2019-yil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondining «Oʻzbekistonda inson huquqlari – oliy qadriyat» davlat granti ishtirokchisi bo‘lgan.

    Uning «Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish muammolari va yechimlari» mavzusidagi ilmiy izlanishlari natijasida 30 ga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari chop etilgan.

    Isaxonov Ja’farxon Akbar o‘g‘li 2019-2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

Shamsiyev Jamshid Isomiddin o‘g‘li,

Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Shamsiyev Jamshid Isomiddin o‘g‘li 2017–2018 o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti “Kadrlar menejmenti” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Shamsiyev Jamshid namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi hamda tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Shamsiyev Jamshid 2018-2019-o‘quv yili uchun “Yoshlar ittifoqi stipendiyasi” tanlovida viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Hozirgi vaqtda iqtidorli talaba sifatida “Turizm sanoatining raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda va izlanishlari natijasi sifatida 20 yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari respublika hamda xalqaro miqyosida chop etilayotgan gazeta va jurnallarda hamda konferensiya materiallarida chop etilgan.

    Shamsiyev Jamshid Isomiddin o‘g‘li 2019 – 2020-o‘quv yilida Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Shavqiyev Oybek Salimboy o‘g‘li,

Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori

    Shavqiyev Oybek Salimboy o‘g‘li 2016-2017 – o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavr yo‘nalishiga imtiyozli ravishda qabul qilingan.

    Shavqiyev Oybek namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Shavqiyev Oybek 2016-2018 – o‘quv yili davomida Samarqand davlat universiteti “Huquq ta’limi” kafedrasida “Huquqiy targ‘ibot” to‘garagi sardori sifatida doimiy ravishda tadbirlarda shaxsiy tashabbuslari va maqolalari bilan faol ishtirok etgan. U “Markaziy Osiyoda ilmiy, diniy va falsafiy qarashlar rivoji” mavzusidagi ilmiy ish olib boradi. Ushbu ilmiy ish yuzasidan respublika va universitet miqyosida o‘tkaziladigan 15 dan ortiq turli konferensiya, ilmiy-amaliy seminarlar va xorijiy (AQSH, Polsha, Ukraina, Rossiya va Qozog‘istonda) jurnallarda o‘zining tezis va maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.

    Shavqiyev Oybek Salimboy o‘g‘li 2019-2020–o‘quv yilida ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi bo‘yicha Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.
 

Sayidqulov Asliddin Xusniddin o‘g‘li,

Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori

    Sayidqulov Asliddin Xusniddin o‘g‘li 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining amaliy matematika va informatika fakulteti “Amaliy matematika va informatika” bakalavr yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan.

    Sayidqulov Asliddin namunali xulqi, barcha fanlarni a‘lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Sayidqulov Asliddin Xusniddin o‘g‘li 2018-yil “Informatika” fani bo‘yicha xalqaro olimpiadaning mintaqaviy bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi. 2018-yilda esa TATU SF da tashkil etilgan “Innovation Idea & Software - 2018” Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni egallagan. Shuningdek dasturlash asoslari bo‘yicha respublika fan olimpiadlarida munosib ishtirok etib kelmoqda. Hozirgi vaqtda iqtidorli talaba sifatida “O‘quv jarayonini avtomatlashtirish asosida boshqaruvni amalga oshirish usullari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda va izlanishlar natijasi sifatida yigirmaga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari respublika hamda xalqaro miqyosda chop etilayotgan gazeta va jurnallarda hamda konfrensiya materiallarida chop etilgan.

    Sayidqulov Asliddin Xusniddin o‘g‘li 2019-2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Meliyev Xudoyor Toshqobil o‘g‘li,
Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori

    Meliyev Xudoyor Toshqobil o‘g‘li 2016-2017-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining iqtisodiyot va biznes fakultetining “Kadrlar menejmenti” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Meliyev Xudoyor namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

    Meliyev Xudoyor “Yoshlat ittifoqi” Samarqand davlat universitetining iqtisodiyot va biznes fakultet yetakchisi sifatida faoliyat olib bormoqda. U hozirgi vaqtda iqtidorli talaba sifatida “Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish bilan badlik va uning samaradorligini oshirish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda va izlanishlari natijasi sifatida 20 ga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari respublika hamda xalqaro miqyosida chop etilayotgan gazeta va jurnallarda hamda konferensiyalar materiallarida chop etilgan.

    Meliyev Xudoyor Toshqobil o‘g‘li 2019-2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Qaxorova Aziza Nuridinovna,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori

    Qaxorova Aziza Nuridinovna 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining fizika fakulteti “Fizika” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Qaxorova Aziza Nuridinovna namunali xulqi, barcha fanlarni a‘lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi. Aziza Respublika hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Uning 10 dan ortiq maqola va tezislari xalqaro hamda respublika miqyosidagi jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

    Qaxorova Aziza Nuridinovna 2020 – 2021 o‘quv yilida tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Mullayeva Mexrangiz Axtam qizi,

Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori

    Mullayeva Mexrangiz Axtam qizi 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining iqtisodiyot va biznes fakulteti “Kasb ta’lim: Iqtisodiyot” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Mexrangiz namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi hamda yetakchi talabalardan biri hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida u tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi bilan o‘zini ko‘rsatib kelmoqda.

    Mullayeva Mexrangiz Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Uning 10 dan ortiq ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

    Mullayeva Mexrangiz 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Do‘stmurodov Nursulton Ilxom o‘g‘li,

Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori

    Do‘stmurodov Nursulton Ilxom o‘g‘li 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti “Jismoniy madaniyat” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

     Nursulton Do‘stmurodov Respublika, viloyat va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalar, turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

    Nursulton Akademik eshkak eshish bo‘yicha 3 karra O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan, shuningdek, O‘zbekiston kubogida 2-darajali diplom bilan taqdirlangan.

    U har yili talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib keladi. 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va xalqaro miqyosida chop etiladigan jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi.

    Do‘stmurodov Nursulton Ilxom o‘g‘li 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Teshayev Doniyor Majid o‘g‘li,

Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori

    Teshayev Doniyor Majid o‘g‘li 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti “Ijtimoiy ish” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul kilingan.

    Doniyor namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Doniyorning 10 dan ortiq ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi. Universitet va fakultet jamoat ishlarida faol talabalardan biri.

      Teshayev Doniyor Majid o‘g‘li O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining “Ilmiy tadqiqotlar uchun stipendiya” tanlovining g‘olibi hisoblanadi.

     Teshayev Doniyor Majid o‘g‘li 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Sayfinov Rustam Sa’dulla o‘g‘li,
Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori

     Sayfinov Rustam Sa’dulla o‘g‘li 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining fizika fakulteti “Fizika” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Rustam namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Rustam Respublika hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Uning 10 dan ortiq maqola va tezislari xalqaro hamda respublika miqyosidagi jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

     Sayfinov Rustam Sa’dulla o‘g‘li 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Husanov Abduroziq Zarifjon o‘g‘li,

Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori

    Husanov Abduroziq Zarifjon o‘g‘li 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakulteti “Matematika” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Abduroziq namunali xulqi, barcha fanlarni a‘lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Husanov Abduroziq Zarifjon o‘g‘li Respublika hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Uning 15 dan ortiq maqola va tezislari xalqaro hamda respublika miqyosidagi jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

    Husanov Abduroziq Zarifjon o‘g‘li 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Abduvohidova Moxinur Akmalovna,

Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sovrindori

    Abduvohidova Mohinur Akmalovna 2017-2018-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining iqtisodiyot va biznes fakulteti “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sahalar bo‘yicha )” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Abduvohidova Moxinur Akmalovna Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi.

    Bugungi kunga qadar Abduvohidova Moxinur Akmalovnaning 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

     Abduvohidova Moxinur universitetda o‘qishi davomida ilm-fanga, manaviy-marifiy tadbirlarga bo‘lgan qiziqishi va iqtidorini ko‘rsatib kelmoqda.

    Abduvohidova Moxinur Akmalovna 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

Ibragimov Zarif Olim o‘g‘li,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindori

    Ibragimov Zarif Olim o‘g‘li 2012-2013 o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakulteti “Matematika” bakalavr yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.

    Uning ilmiy tadqiqot ishlari natijalari Xalqaro, Respublika miqyosida chop etiladigan nufuzli ilmiy jurnallarda chop etib kelinmoqda.

    Zarif Ibragimov ingliz tilida erkin gaplashadi. U bir necha bor xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan. Jumladan, 2010-2011-2012-yillar Xalqaro Matematika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. 2010-yilda Astana shahrida bo‘lib o‘tgan 51-Xalqaro Matematika olipiadasida kumush medal, 2011-yil Gollandiyaning Amsterdam shahrida 52-Xalqaro Matematika olimpiadasida sertifikat bilan taqdirlangan. 2011-yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi.

    2015-2016-o‘quv yilida tabiiy fanlar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi.

Kadirova Barno Turanboy qizi,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Kadirova Barno Turanboy qizi 2012-2013-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik fakultetiga o’qishga qabul qilingan.

    Kadirova Barno Turonboy qizi iqtidorli talaba sifatida “Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish muammolari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda va izlanishlari natijasi sifatida 5 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari respublika miqyosida chop etilayotgan gazeta va jurnallarda hamda viloyatlarda bo‘lib o‘tgan konferensiyalar materiallarida chop etilgan.

    Respublika hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Uning 15 dan ortiq maqola va tezislari xalqaro hamda respublika miqyosidagi jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

    Kadirova Barno Turonboy qizi 2015-2016-o‘quv yilida ijtimoiy-gumanetar fanlar Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Xushvaqtov Nodirjon Xakim o‘g‘li,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Xushvaqtov Nodirjon Hakim o‘g‘li 2013-2014-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining tarix fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.

    Xushvaqtov Nodir Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida hamda tarli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Bir nechta ilmiy maqolalar muallifi. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi. Universitet va fakultet jamoat ishlarida faol talabalardan biri sanaladi.

    Xushvaqtov Nodirjon Xakim o‘g‘li 2015-2016-o‘quv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

A’zamov Dilnur O‘lmas o‘g‘li,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    A’zamov Dilnur O‘lmas o‘g‘li 2013-2014-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining iqtisodiyot fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.

    A’zamov Dilnur Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida hamda tarli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Bir nechta ilmiy maqolalari Respublika miqyosida chop etiladigan ilmiy jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

    A’zamov Dilnur 2015-yilda “Menejment va marketing” fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

    A’zamov Dilnur O‘lmas o‘g‘li 2015-2016-o‘quv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Davronova Robiyaxon Kamolidinovna,

Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Davronova Robiyaxon Kamolidinovna 2012-2013-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining geografiya fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.

    Davronova Robiyaxon OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida hamda tarli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Jumladan, 2015-yil 5-iyunda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Global iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya – 2014-2015” Respublika tanlovida “Eng yaxshi loyiha ” nominasiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

    Respublika hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Uning 15 dan ortiq maqola va tezislari xalqaro hamda respublika miqyosidagi jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

    Davronova Robiyaxon Kamolidinovna 2015-2016 o‘quv yilida Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Nuritdinova Hilola Abduraxmanovna,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat Stipendiyasi sovrindori

    Nuritdinova Hilola Abduraxmanovna 2016-2017-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining pedagogika fakulteti magistraturasiga qabul qilingan.

    2010-2011-o‘quv yilida Vohid Abdullaev stipendiyasi sovrindori. Respublika hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Uning 15 dan ortiq maqola va tezislari xalqaro hamda respublika miqyosidagi jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

    Nuritdinova Hilola Abduraxmanovna namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Nuritdinova Hilola Abduraxmanovna 2017-2018-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat Stipendiyasi sovrindori.

Sadullayeva Bahora Ahmadovna,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Sadullayeva Bahora Ahmadovna 2014-2015-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining ijtimoiy iqtisodiyot fakultetiga o’qishga qabul qilindi.

    Sadullayeva Bahora Ahmadovna 2017-yilda Moskvada o‘tkazilgan “Modern science in the XXI century: Main problems and stages of development“ nomli “Ru-science” xalqaro ilmiy konfrensiyasida o‘z maqolalari bilan ishtirok etgan. Sadullayeva Bahora Ahmadovna 2016-2017-o‘quv yilida Vohid Abdullayev nomidagi universitet stipendiyasi sovrindori.

    Sadullayeva Bahora Ahmadovna namunali xulqi, barcha fanlarni a‘lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Sadullayeva Bahora Ahmadovna 2017-2018-o‘quv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Imomqulova Gulchehra Norboboyevna,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Imomqulova Gulchehra Norboboyevna 2014-2015-o‘quv yilida Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetiga o’qishga qabul qilingan.

    2016-yilda Rossiyada oʻtkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyalarda oʻz maqolalari bilan ishtirok etgan. U ilmiy izlanishlar olib bormoqda va izlanishlari natijasi sifatida 5 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari respublika miqyosida chop etilayotgan gazeta va jurnallarda hamda viloyatlarda bo‘lib o‘tgan konferensiyalar materiallarida chop etilgan.

    Imomqulova Gulchehra Norboboyevna namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va tashabbuskorligi, faolligi, ilmga intiluvchanligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet hamda universitet talabalari orasida ajralib turadi.

    Imomqulova Gulchehra Norboboyevna 2017-2018-oʻquv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Aminova Nafisa Istamovna,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Aminova Nafisa Istamovna 2014-2015-oʻquv yilida Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetiga o’qishga qabul qilingan.

    Aminova Nafisa Istamovna «Учёный XXI века», «Интернаука», «Молодой ученый», «Problems of modern science and education», «Buyuk ipak yo‘lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat» nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferansiyalarda o‘z maqolalari bilan ishtirok etgan. Respublika hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Uning 15 dan ortiq maqola va tezislari xalqaro hamda respublika miqyosidagi jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

    Aminova Nafisa Istamovna 2017-2018-oʻquv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Qurbonov Samgin Azamat oʻgʻli,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Qurbonov Samgin Azamat oʻgʻli 2014-2015-oʻquv yilida Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetiga o’qishga qabul qilingan.

    Qurbonov Samgin Azamat oʻgʻli 2017-yilda Rossiyada oʻtkazilgan xalqaro ilmiy konfrensiyalarda oʻz maqolalari bilan ishtirok etgan. U namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

  Uning 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

     Qurbonov Samgin Azamat oʻgʻli 2017-2018-oʻquv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Avezov Humoyun Ilhomovich,

Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Avezov Humoyun Ilhomovich 2014-2015-oʻquv yilida Samarqand davlat universitetining pedagogika fakultetiga o’qishga qabul qilingan.

    Avezov Humoyun Ilhomovich namunali xulqi, barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi bilan fakultet talabalari orasida ajralib turadi.

    Avezov Humoyunning 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi.

    Avezov Humoyun Ilhomovich 2017-2018-o‘quv yilida Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Samadov Aziz Ilxomovich,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindori

    Samadov Aziz 2015-2016-o‘quv yilda Samarqand davlat universiteti amaliy matematika va informatika fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.

     Samadov Azizning bir necha ilmiy maqolalari Respublika miqyosida chop etiladigan jurnallarda chop qilingan. Samadov Aziz talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida faol ishtirok etib keladi. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi. 2017-2018-o‘quv yilida Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori. Ilmiy ishlanma uchun olingan 2 ta patentga hammuallif sanaladi. Universitet va fakultet jamoat ishlarida faol talabalardan biri hisoblanadi.

    Samadov Aziz 2018-2019-oʻquv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindori.

Kamolova Nilufar Davir qizi,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Kamolova Nilufar Davir qizi 2015-2016-o‘quv yilda Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.

    Kamolova Nilufar Davir qizi har yili talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Chim ustida xokkey bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq kubogida 10 karra faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari Viloyat miqyosida o‘tkazilgan tadbirlarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Sport bilan shug‘ullanish barobarida ilmiy tadqiqot sohasida ham ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 10 dan ortiq maqolalari Xorij va Respublika miqyosida chop etiladigan ilmiy jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi.

    Kamolova Nilufar Davir qizi 2018-2019-oʻquv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Xasanov Habibullo O‘tkirjon o‘g‘li,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Xasanov Habibullo O‘tkirjon o‘g‘li 2015-2016-o‘quv yilda Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.

    Xasanov Xabibullo Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi. 2017-yilda “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fani bo‘yicha talabalar Respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egallagan. 2017-yilda Vohid Abdullayev nomidagi universitet stipendiyasi sovrindori. 2017-yil ilmiy tadqiqot ishlari yakunlari bo‘yicha 2018-yil 29-31-mart kunlari o‘tkazilgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning ilmiy konferensiyasi yakunlari bo‘yicha «Yilning eng faol iqtidorli talabasi» nominasiyasi g‘olibi bo‘lgan.

    Xasanov Habibullo O‘tkirjon o‘g‘li 2018-2019-oʻquv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Umirov Islombek Furqatovich,

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Umirov Islom Furqatovich 2016-2017-o‘quv yilda Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.

    Har yili o‘tkaziladigan talabalar ilmiy konferensiyalarida hamda talabalar fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etib keladi. Bir nechta ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi. 2018-yilda “Menejment” fani bo‘yicha talabalar Respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egallagan.

    Umirov Islombek Furqatovich 2018-2019-oʻquv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

 

Eshtemirov Bunyod Sherali o‘g‘li,

Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Eshtemirov Bunyod 2015-2016-o‘quv yilida Samarqand davlat universiteti amaliy matematika va informatika fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.

    Eshtemirov Bunyod har yili o‘tkaziladigan talabalarning ilmiy konferensiyalarida muntazam ishtirok etib keladi. Bir nechta ilmiy maqolalari respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi. 2 ta ilmiy ishlanma uchun olingan patentga hammuallif sanaladi. 2017-2018-o‘quv yilida akademik Sa’di Sirojiddinov nomidagi universiteti stipendiyasi sovrindori.

    Eshtemirov Bunyod 2018-2019-oʻquv yilida Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Sultonov Sanjar Jaxongir o‘g‘li,

Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

    Sultonov Sanjar Jaxongir o‘g‘li 2016-2017-o‘quv yilida Samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.

    Sultonov Sanjar Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Bir nechta ilmiy maqolalar muallifi. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o‘z ustida muntazam ishlaydi. Fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etib keladi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU boshlang‘ich tashkiloti a’zosi. Universitet va fakultet jamoat ishlarida faol talabalardan biri sanaladi.

    Sultonov Sanjar Jaxongir o‘g‘li 2018-2019-oʻquv yilida Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

 

Samarqand davlat universiteti stipendiatlari to’g’risida ma’lumot