Samarqand davlat universiteti geologiya va gidrometeorologiya  kafedrasi mudiri
Meliyev Baxtiyor Abduxomidovich

+998 99 776 77 25 baxtiyormeyli@gmail.com

Baxtiyor Meliyev geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2019 yilda “O‘rta Zarafshon landshaftlarini tadqiq etishda zamonaviy (aerokosmik, matematik, geoinformasion) metodlardan foydalanish” mavzusida geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi. 2023 yildan boshlab geologiya va gidrometeorologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda.

Baxtiyor Meliyev xalqaro va respublika ilmiy-amaliy grantlarida ishtirok etib kelmoqda. Hozirgi kunda Zarafshon havzasi suv resurslari miqdoriy ko‘rsatkichlariga iqlim o‘zgarishi ta’sirini baholash mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Shu sohada 1 o‘quv qo‘llanma, 2 uslubiy qo‘llanma, 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublikamiz OAK jurnallari va xorijning ilmiy jurnallarida chop etilgan.

 

                                                                         Geologiya va gidrometeorologiya  kafedrasi a’zolari

 

Xayrulla Juraqulov

h.jo’raqulov@samdu.uz

Geografiya fanlari nomzodi, professor. 1990-yildan boshlab Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 1992-yilda “Zarafshon tog‘ va tog‘oldi tekislik landshaftlarining tabaqalanishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Faoliyati davomida 2 darslik, 2 monografiya, 1 risola, 3 o‘quv qo‘llanma, 6 uslubiy qo‘llanma, 160 dan ortiq ilmiy maqolalari muallifi. Olimning “Umumiy geomorfologiya”, “Общая геоморфология” nomli darsliklari hamda “Geologiya va geomorfologiya asoslari”, “Общая геоморфология” nomli o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan.

Shuningdek, olim Polsha, Hindiston, Ufa, Moskva, Qozog‘iston, Qozon, Boku, Bishkek shaharlaridagi geografiya faniga doir ilmiy jurnallarda va anjumanlarda o‘z maqolalari bilan ishtirok etgan. Scopus va Web of Science bazalarida ilmiy jurnallarda 3 ta maqolasi e’lon qilingan.

2020-yildan boshlab “Janubiy-G‘arbiy O‘zbekistonda antropogen ta’sirida tabiat komplekslarida yuz berayotgan jarayonlar” mavzusida ilmiy  tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

https://bit.ly/46KoLWe

link

Buribay Raxmonov

B.bo’riboyev@samdu.uz

Geografiya fanlari nomzodi, professor. 1995-yil “Закономерности изминения физико-механических свойств засолённых пылевота-глинистых грунтов при замачивании и вьщеличивании” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “Umumiy geologiyadan amaliy mashg‘ulotlar”, “Umumiy geologiya fanidan malakaviy amaliyotni o‘tkazish uchun uslubiy qo‘llanma”, “Umumiy geologiya fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma”, “Практические занятия по общей геология” nomli o‘quv  va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari hamda “Gruntlarning namlanishi va suv ta’sirida fizik-mexanik xossalaridagi o‘zgarish qonuniyatlari”, “Moisture of grouns and laws of change in physical properties under the influence water”  nomli monografiyalarini nashr ettirgan. Bundan tashqari 100 ga yaqin respublika hamda xalqaro jurnallar va  konferensiya materiallarida maqolalar e’lon qilgan.

Xaydarov Safarboy Abdirashitovich

+998 91 299 86 39 haydarovsafarboy@gmail.com  

 

Safarboy Xaydarov geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2018-yilda “Zarafshon havzasi daryolari suv resurslarining shakllanishiga iqlimiy omillarning ta’sirini baholash” mavzusida geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi. 

Safarboy Xaydarov xalqaro va respublika ilmiy-amaliy grantlarida ishtirok etib kelmoqda. Hozirgi kunda Zarafshon havzasi suv resurslari miqdoriy ko‘rsatkichlariga iqlim o‘zgarishi ta’sirini baholash mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Shu sohada 1 monografiya,  1 darslik,  1 o‘quv qo‘llanma, 1 uslubiy qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublikamiz OAK jurnallari va xorijning ilmiy jurnallarida chop etilgan.

G’aniyev Shaxob Rabimqulovich

g-shaxob@samdu.uz   

Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2014-yildan Samarqand davlat universiteti  geologiya va gidrometeorologiya  kafedrasida assistent oʻqituvchi lavozimida faoliyat yuritib keladi. 2022-yil geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Shaxob G‘aniyev 40 dan ortiq ilmiy ishlar chop ettirgan. 1 monografiya muallifi. Xalqaro jurnallarda 2 maqolasi, respublika davriy jurnallarida 8 maqolasi chop etilgan. 16 xalqaro va 9 respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda maʼruza tezislari bilan ishtirok etgan.

https://bit.ly/3N4Z1gb

Ziyo Normamatov
ziyonormamatov9@gmail.com


2023-yildan boshlab SamDU geologiya va gidrometeorologiya kafedrasida o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. “Zarafshon artezian havzasi yerosti suvlari sifati” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda. 20 ga yaqin maqolasi xalqaro va respublika jurnallarida e’lon qilingan.

Sattarov Jovxar Burxonovich

J.sattorov@samdu.uz

Kafedra assistenti. 2022-yildan SamDU   ge ologiya va gidrometeorologiya kafedrasida asisstent lavozimida ishlab kelmoqda.

“Foydali qazilmalar geologiyasi”, “Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish”, “Minerologiya va kristollografiya”, “Paleontologiya va stratigrafiya”,  “Geokriologiya” va “Geofizika tadqiqot usullari” kabi fanlaridan geologiya yo‘nalishi talabalariga dars beradi.

Amirqulov Mamatqul Davir o'g'li

m.amirqulov@samdu.uz

Kafedra assistenti. 2023-yildan SamDU “Geologiya va gidrometeorologiya” kafedrasida asisstent lavozimida ishlab kelmoqda.

“Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash”, “Geologik razvedka ishi va xavfsizlik texnikasi”, “Minerаlogiya va kristаllografiya”, “Paleontologiya va stratigrafiya”,  “Petrografiya” va “Geotektonika” kabi fanlaridan geologiya yo‘nalishi talabalariga dars beradi.

 Geologiya va gidrometeorologiya  kafedrasi haqida

SamDU gidrometeorologiya kafedrasi 2007-yilda tashkil topdi. Kafedra tashkil etilgandan hozirgi kungacha professor Subxon Abbosov, Ali Abdulqosimov, Quvondiq Yarashev, T.Holiqulovlar mudirlik qildi. Bugungi kunda dotsent Safarboy Xaydarov mudirlik vazifasini bajarib kelmoqda.

Gidrometeorologiya yo‘nalishi bakalavriaturasiga dastlab 8 kishi qabul qilingan bo‘lsa, keyinchalik bu ko‘rsatkich 25 tagacha ko‘paydi va shunga mos ravishda kafedraning o‘quv soatlari hajmi ham oshib bordi. 2009-yildan boshlab kafedra qoshida quruqlik gidrologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura faoliyat yuritmoqda. 

2017-yildan 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligi bo‘yicha kafedrada doktоrantura faoliyat ko‘rsatmoqda va hozirda kafedra doktоranturasida 5 nafar tayanch doktorant tadqiqot olib bormoqda.

Kafedrada yangi davlat ta’lim standartlari asosida 5140700-Gidrometeorologiya, 5140800-Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha) yo‘nalishlarida bakalavrlar tayyorlanmoqda.

Bugungi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi, professor, 2 nafar (PhD) dotsent, 1 nafar (PhD) assistent, 4 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra a’zolari “Janubiy-G‘arbiy O‘zbekiston gidrologik, meteorologik va gidrogeologik xususiyatlarini tadqiq qilish” bosh mavzusiga asosan O‘zbekiston suv resurslari va gidrogeologik resurslarga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradilar. Kafedrada ilmiy tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida hududlarda suv resurslari, suv sifati va ekologik holati, ichimlik suvi ta’minoti, iqlimiy xususiyatlari, meteorologik omillarning o‘zgaruvchanligi, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari, yer osti suvlarining holati va sifati, yuza suvlari bilan bog‘liqligi, shakllanishi haqidagi masalalar bilan shug‘ullanadi.

Bugungi kunda kafedraga 5140700-Gidrometeorologiya va 5140800-Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishlari hamda 5A141101-Gidrologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda

Kafedrada oʻqitiladigan fan dasturlari      

Bakalavr

  • Umumiy geologiya
  • Geologiyada informatsion tizimlar
  • Geofizikaviy tadqiqot usullari
  • Paleontalogiya va stratigrafiya
  • Geokimyo asoslari
  • Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash
  • Meneralogiya va krestallaografiya
  • Geologiya va muhandislik geologiyasi
  • Umumiy gidrologiya
  • Atmosfera fizikasi
  • Agrometeorologiya
  • Gidrometeorologik hisoblashlar
  • Gidrogeologiya
  • Gidrokimyo
  • Meliorativ gidrologiya
  • O‘zan jarayonlari va o‘zan oqimi dinamikasi
  • Antropogen gidrologiya

Kafedra hayotidan fotolavhalar