Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi
Samarqand davlat universiteti geografiya va
tabiiy resurslar kafedrasi mudiri
Mamajanov Rasuljon Ibragimovich
+99893 3366353 rasul.mamajanov@mail.ru
Rasuljon Mamajanov geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2022-yildan Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. 2021-yil “O‘rta Zarafshon havzasining elektr energiya beradigan shamol resurslari va ularni kartalashtirish” mavzusida geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi (PhD)ni himoya qilgan.
70 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 monografiya va 1 elektron darslik muallifi. Yevropa Ittifoqi Tempus dasturining “Urbalife” xalqaro loyihasi ishtirokchisi. 2004-yil Ravenna (Italiya) shahar hokimiyati qoshidagi GIS markazida “Zarafshon vohasini GIS tizimlari yordamida o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan;
Rasuljon Mamajanov bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalar asosida “Topografiya, kartografiya va GIS”, “Geografiyada EHMdan foydalanish”, “Tabiiy fanlarda GIS texnologiyalari”, “Global va regional geoekologik muammolar”, “Tabiatdan foydalanish strategiyasi” kabi fanlardan geografiya yo‘nalishi talabalari va magistrlariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Hozirgi kunda “O‘rta Zarafshon havzasining muqobil energiya resurslari va ularni kartalashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. Shu sohada 1 monografiya, 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublikamiz OAK jurnallari va xorijning ilmiy jurnallarida chop etilgan.
Rasuljon Mamajanovning asosiy ilmiy yoʻnalishi tabiiy resurslarni aniqlash va ularni xaritalashtirish, axborot texnologiyalarini geografiyada qo‘llash, innovatsion texnologiyalar, GIS dasturlari yordamida xaritalar yaratish hisoblanadi.
Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi a’zolari
![]() |
Abdulqosimov Ali Abdulqosimovich Geografiya fanlari doktori, professor. 1959-yildan Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Professor Ali Abdulqosimov 5 darslik, 10 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar muallifi. Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 200 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan. Xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 150 dan ortiq tezislar bilan ishtirok etgan. |
Davronov Kamoliddin Qulpiddinovich Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1994-yildan mazkur kafedrada turli lavozimlarda faoliyat yuritib keladi.
|
|
Ganiyev Ziyodulla Akramovich Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasida assistenti. Geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). Samarqand davlat universitetida 2013-yildan faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Amudaryo hozirgi deltasi geotizimlari ekologik holatini yaxshilashning geografik asoslari” mavzusida geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ziyodulla Ganiyev faoliyati davomida 1 oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar muallifi. Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 10 dan ortiq maqolalar, 30 dan ortiq tezislar e’lon qilgan. |
|
Jo‘raqulova Dilbar Xayrullaevna Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi o‘qituvchisi, assistent. Samarqand davlat universitetida 2006-yildan faoliyat yuritib keladi. Hozirgi vaqtda “Antropogen landshaftlarning shakllanishi va tarixiy-genetik davrlashtirish” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Dilbar Jo‘raqulova ilmiy faoliyati davomida koʻplab o‘quv-uslubiy ishlanmalar muallifi hisoblanadi va yetakchi xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. Jumladan, Scopus bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallarda 2 maqola chop ettirgan. 50 ga yaqin xalqaro va respublika konferensiyalarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan. Shuningdek, 1 oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi. Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari |
|
Fozilov Azamat Sobirovich Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi assistenti. Samarqand davlat universitetida 2015-yildan faoliyat yuritib keladi. Hozirgi kunda “Ohangaron havzasi yer osti suv resurslariga Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ta’sirini baholash” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini olib boradi. Azamat Fozilov faoliyati davomida 1 oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi. Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 10 dan ortiq maqolalar, 15 dan ortiq tezislar e’lon qilgan. |
|
Sabirova Nilufar Tairovna Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. Samarqand davlat universitetida 2009-yildan faoliyat yuritib keladi. 2020-yilda “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining landshaftlar transformatsiyasiga ta’sirini baholash va geoekologik vaziyatini optimallashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Nilufar Sabirova ilmiy faoliyati davomida 1 monografiya, 1 o‘quv-uslubiy uslubiy koʻrsatmalar nashr ettirgan. Xalqaro va respublika ilmiy jurnallarda 20 dan ortiq maqolasi e’lon qilingan. 30 dan ortiq konferensiya va simpoziumlarda tezislari bilan ishtirok etgan. Аsosiy ilmiy yoʻnalishi tabiiy geografiya, landshaftshunoslik, limnologiya, GIS, masofaviy zondlash, geoekologiya hisoblanadi. |
|
Valiyeva Shaxnoza Islomovna Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi assistenti Samarqand davlat universitetida 2017-yildan beri faoliyat yuritib keladi. |
|
![]() |
Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi haqida Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi 1934-yilda Geologiya-geografiya fakulteti qoshida umumiy tabiiy geografiya kafedrasi sifatida tashkil topgan. Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasining shakllanishi va rivojlanishida turli yillarda V.A.Lopato, K.F.Kondratyeva, Ya.A.Leven, N.I.Leonov, M.U.Umarov, Z.Sultonov, L.A.Alibekov, S.B.Abbasov, X.T.Nazarovlar, Q.S.Yarashev va R.I.Mamajanovlarning xizmatlari kattadir. Bugungi kunda geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi professor-o‘qituvchilari «Janubi-G‘arbiy O‘zbekiston geosistemalarini xaritalashtirish, ulardan foydalanish va ekologik baholash» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari Janubi-G‘arbiy O‘zbekiston tabiati, tabiiy resurslardan rasional foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, geoekologik muammolar, landshaftlarni inson hayoti uchun optimallashtirish, tabiatdagi bo‘lajak o‘zgarishlarni bashoratlash kabi masalalariga qaratilgan. Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi professor-o‘qituvchilari 1995-yildan boshlab respublikamizda birinchilardan bo‘lib xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Kafedra professori A.Abduqosimov boshchiligida Yevropa Ittifoqining Tasic dasuri doirasidagi xalqaro loyihada qatnashgan. 1995-1998-yillar davomida turizm, urbanizm, shahar transporti va shahar ekologiyasi muammolari bo‘yicha Yevropaning nufuzli oliy o‘quv yurtlari va markazlari bilan jumladan, Bryusseldagi La-Kambra oliy arxitektura instituti (Belgiya), Kotoloniya politexnika universiteti (Ispaniya), Milan politexnika universiteti (Italiya) xodimlari bilan ilmiy hamkorlikda tadqiqot ishlarini olib borgan. |
![]() |
Loyiha doirasida kafedra xodimlari Bryussel La-Kambra oliy arxitektura institutida uch oylik xalqaro malaka oshirish kurslarini tamomlagan, 3 kishi 1997-yilda Milan politexnika universitetida axborot texnologiyalari bo‘yicha 6 oylik malaka kurslar va seminarlarda ishtirok etib xalqaro sertifikat sohibi bo‘lishgan. Kafedrani ko‘p yillar boshqargan professor Lafas Alibekov bir necha yillar davomida NATOning atrof-muhit muhofazasi komissiyasi a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Ilmiy tadqiqot sohalaridagi xizmatlari inobatga olinib Lafas Alibekovga "O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi" unvoni berilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarishda ham faol ishtirok etgan. Jumladan, dotsent Rasul Mamajanov “Samarqand viloyatining o‘lkashunoslik atlasini tuzish”, Samarqand viloyatining “Atrof-muhit muhofazasi”, “Ekologik”, “Ichimlik suvlar sifati”, “Maishiy xo‘jalik chiqindilarining tarqalishi”, “Yangi stasionar postlar yordamida Samarqand viloyatining elektr energiya beradigan shamol resurslarini o‘rganish va kartasini tuzish” bo‘yicha loyihalarda, dotsent X.Nazarov “Zarafshon vodiysining rekreasiya, turistik va ekologik kartalarini tuzish” mavzusidagi grantlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajargan. |
![]() |
Kafedra xorijiy davlatlar bilan aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Slupskdagi Pomeraniya akademiyasi (Polsha), Ruminiyaning Aleksandr Ioan Kuza universiteti (Ruminiya), Moskva davlat universiteti, Oltoy davlat universiteti, Shimoliy Kavkaz Federal universiteti, Chuvash davlat universiteti (Rossiya), O‘sh davlat universiteti (Qirg‘iziston), Qozog‘iston milliy pedagogik universiteti (Olmaota), Boku davlat universiteti (Azarbayjon) va ko‘plab xorijiy Ruminiya, Chexiya, Slovakiya davlatlarining oliy o‘quv yurtlari va markazlari bilan aloqalar o‘rnatilgan. So‘nggi yillar davomida kafedra xodimlari tomonidan 150 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar, 6 ta darslik, 14 ta o‘quv qo‘llanma va 10 ta monografiya nashr ettirildi. Ushbu ilmiy tadqiqot natijalaridan respublikamiz barcha oliy o‘quv yurtlarida foydalanib kelinmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 1 ta fan doktori, professor, 3 ta fan nomzodi, dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi va 3 nafar assistentlar faoliyat yuritishmoqda. Kafedrada o‘rindoshlik asosida xorijiy Rossiya, Qirg‘iziston, Hindiston davlatlari professor-o‘qituvchilari ishga qabul qilingan. Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasida 5A140602-Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) yo‘nalish bo‘yicha magistratura mavjud bo‘lib, bugungi kunda 30 nafar magistrant tahsil olmoqda. Kafedra qoshida «Joy plani va mo‘ljal olish» nomli talabalar ilmiy to‘garagi faoliyat yuritib kelmoqda. To‘garakka geografiya bo‘limining 50 ga yaqin talabalari a’zo hisoblanib, ular o‘zlarining dolzarb mavzulari bilan ma’ruza qilib kelmoqda. |
![]() |
Kafedrada oʻqitiladigan fan dasturlari Bakalavr Yer bilmi asoslari Umumiy yer bilimi Geografiyada amaliy mashg‘ulotlar Inson va tabiat Geoekologiya asoslari Topografiya kartografiya va GIS Geografiya tarixi va metodologiyasi Toponimika Landshaftshunoslik Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi Antropogen landshaftshunoslik Tabiat va geografiya o‘qitish metodikasi Umumta’lim darsliklar mazmuni O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi O‘zbekiston tabiiy geografiyasi |
![]() |
Geografik tadqiqot metodlari Amaliy geografiya Geografik rayonlashtirish asoslari Geografiyani o‘qitishda innovasion texnalogiyalar Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari Cho‘llanish muammolari Magistratura Geografiya tarixi, nazariyasi va metodologiyasi Geotizimlar haqida ta’limot Tabiiy fanlarda GIS texnologiyasi Amaliy landshaftshunoslik Global va regional geoekologik muommolar Tabiatdan foydalanish strategiyasi Barqaror rivojlanish konsepsiyasi Tabiiy geografik jarayonlar va ularni modellashtirish |
Kafedra hayotidan fotolavhalar