Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
fakultetlararo rus tili kafedrasi mudiri
Usmanova Salixa Yuldashevna
usmanovasalikha880@gmail.com
Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasi mudiri dotsenti. SamDU da 1979-yildan beri faoliyat yuritib keladi.
Salixa Usmanova 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. 8 uslubiy, 2 o‘quv qo‘llanma nashr ettirgan. Xalqaro nashrlarda 4, Oliy attestatsiya komissiyasi qoshidagi jurnallarda 4, respublika ilmiy-uslubiy nashrlarida 30 dan ortiq ilmiy tezis va maqolalari e’lon qilingan.
Rus tili kafedrasi a’zolari
|
Tkebuchava Irina Georgievna Fakultetlararo rus tili kafedrasi dotsenti . Samarqand davlat universitetida 2018-yildan faoliyat yuritib keladi. 60 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Respublika va xalqaro konferensiyalarda maqola va tezislari chop etilgan. |
|
|
Mirzayeva Shaxlo Rizaevna
Fakultetlararo rus tili kafedrasi katta o'qituvchisi. Samarqand davlat universitetida 1994-yildan faoliyat yuritib keladi. Shaxlo Mirzayeva faoliyati davomida 30 ga yaqin ilmiy tezis va maqolalar chop etgan. Nufuzli xorijiy ilmiy nashrlarda 3, OAK tasarrufidagi jurnalda 1 maqolasi e’lon qilingan. |
|
|
Atavullaeva Saida Jumabekmuradovna Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining rus tili fakultetlararo kafedrasi dotsenti. Markaziy Osiyo tillari va madaniyatlari instituti. 2002-yildan beri u Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida ishlaydi. U filologiya bo'yicha ixtisoslashgan bo'lib, 10.00.06 — "Rus va o'zbek tillaridagi morfemalarni qiyosiy o'rganish" ixtisosligi bo'yicha faoliyat yuritadi. U olim va tajribali o'qituvchi sifatida tadqiqot va ta'limni birlashtiradi. Tadqiqot va o'qitish faoliyati davomida u 130 dan ortiq ilmiy maqolalar, ikkita darslik, uchta o'quv qo'llanmasi, o'nta ilmiy-uslubiy nashrlar va uchta elektron o'quv qo'llanmalari muallifi. O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan kompyuter dasturlari uchun bitta sertifikatdan tashqari, ilmiy maqolalar nufuzli xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda, jumladan, Rossiya, Polsha, AQSh, Germaniya va Hindistondagi ilmiy jurnallarda ham chop etilgan. 20 dan ortiq maqolalar xalqaro jurnallarda chop etilgan. https://naukaip.ru/wp-content/uploads/2021/11/MK-1224.pdf httpsc//usO5 web. zoom.us/j/2364780832?pwdTnh SLEhTMDlidz. NsS2400wF00 k91.d.09 |
|
|
Qodirova Zebiniso Abdig’afforovna Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Fakultetlararo rus tili” kafedrasi dotsenti. 2009 yildan buyon Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi.10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha floiogiya sohasida yetuk olima va tajribali pedagog sifatida ilmiy hamda ta’lim jarayonini uzviy bog‘lab faoliyat olib borayotgan mutaxassisdir. Ilmiy-uslubiy faoliyati davomida 90 dan ziyod ilmiy maqolalari,2ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 9 ta ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 2 ta EHM dasturlari uchun guvohnomalar muallifi. Bugunga qadar ko‘plab nufuzli respublika hamda xalqaro ilmiy jurnallarida, jumladan Germaniya, Amerika, Hindiston davlatlarining ilmiy jurnallarida ilmiy maqolalari nashr qilingan. |
|
|
Toshbekova Dilorom Ismoilovna Fakultetlararo rus tili kafedrasi dotsenti. Samarqand davlat universitetida 1995-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Dilorom Toshbekova ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlarni e’lon qilgan. U 1 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta darslik muallifi hisoblanadi. Shuningdek, uning xorijiy ilmiy nashrlarda 13 ta, OAK tasarrufidagi jurnallarda 6 ta hamda respublika ilmiy nashrlarida 6 ta ilmiy maqolalari chop etilgan. Bundan tashqari, Scopus bazasiga kiritilgan xalqaro ilmiy jurnalda ham maqolasi nashr etilgan. |
|
|
Haydarova Gulbahor Yuldashevna
|
|
![]() |
Raxmatova Saodat Amrakulovna Samarqand davlat universiteti “Fakultetlararo rus tili” kafedrasi dotsenti.10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha floiogiya sohasida yetuk olima va tajribali pedagog sifatida ilmiy hamda ta’lim jarayonini uzviy bog‘lab kelayotgan mutaxassisdir. Ilmiy-uslubiy faoliyati davomida 120 dan ziyod ilmiy maqolalari,1ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma va 8 ta uslubiy qo‘llanmalar va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 3 ta EHM dasturlari uchun guvohnomalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda ilmiy maqolalari e’lon qilingan. https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=60684254900 S.A.Raxmatova 2017-yil “Oʻzbekiston konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlangan. Shuningdek, 2023-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston, Germaniya, Turkiya, Rossiya va Fransiya kabi davlatlarning yetkachi ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy izlanuvchilar va yosh olimlar ishtirokida “Xalqaro ilmiy forum”da ishtirok etdi va “ILM-FAN IFTIXORI” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. |
|
Mamatova Shaxnoza Nematjonovna Fakultetlararo rus tili kafedrasi katta `oqituvchisi. 2015-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. Shaxnoza Nematjonovna o‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 50 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlar e’lon qilgan bo‘lib, shundan 15 tasi xorijiy ilmiy nashrlarda, 10 tasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda, qolganlari esa respublika ilmiy nashrlarida chop etilgan. U 2026 yil sentyabrdan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka(PhD) qabul qilingan. Fakultetlararo rus tili kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Mamatova Shahnoza Nematjonovnaning filologiya fanlari boyicha falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi mavzusi “Zamonaviy rus tilida orientalizmlarning pragmatik-semantik xususiyatlari” (O‘zbekiston rus tilidagi publitsistikasi va badiiy adabiyoti materiallari asosida) http://research.samdu.uz/ https://journalss.org/index.php/luch/article/view/29590/28592 https://journalss.org/index.php/new/article/view/29528 https://journalss.org/index.php/new/issue/view/455
|
|
|
Toychiyeva Nasibaxon Suranbayevna Nasibaxon Toychiyeva 2018-yildan buyon Samarqand davlat universitetining rus tili kedrasida katta o`qituvchi lavozimida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Ayni vaqtda «Maishiy xizmat terminlarining qiyosiy-tipologik tahlili (rus va o`zbek tillari materiallari asosida» mavzusida doktorlik dissertatsiyasi (PhD) mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Shu mavzuga oid 2 o‘quv-uslubiy qo`llanma muallifi hisoblanadi. 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublikamiz OAK jurnallari va xorijning ilmiy jurnallarida chop etilgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://inscience.uz/index.php/socinov/article/view/1725/2016 https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/315 http://dx.doi.org/10.26739/2181-9297-2021-2-17 WWW.SCIENCEBOX.UZ WWW.SCIENCEBOX.UZ |
|
![]() |
Mashenkova Irina Olegovna filologiya fanlari nomzodi, G.R. Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti (TDU) Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish (RKI) kafedrasi dotsenti, Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasi dotsenti. 1968-yil 20-martda Rossiyaning Kemerovo shahrida tug‘ilgan. 1992-yilda Tambov davlat pedagogika institutining chet tillar fakultetini «Ingliz va nemis tillari» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2021-yilda G.R. Derjavin nomidagi Tambov davlat universitetining «Tilshunoslik va adabiyotshunoslik» yo‘nalishi bo‘yicha tayanch doktoranturasini tamomlagan. 2022-yilda «S.A. Yesenin va 1920–1970-yillarda Rossiya Amerikasining adabiy hayoti» mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. U 50 dan ortiq ilmiy maqola, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda «Nostalgiya: rus emigratsiyasining miflari, taqdirlari va adabiy tajribasi» nomli jamoaviy monografiya muallifi hisoblanadi. Shuningdek, «Oq kvadrat» va «Aseevlar va ularning muhiti» kitoblari muallifidir. «Veniamin Levin, Iosif Levin. Yesenin va o‘zim haqimda» hamda «Ekuvchi» to‘plamlarining muharrir-tuzuvchisi, shuningdek, «Aseevlar va davr» nomli Birinchi xalqaro ilmiy konferensiya materiallari to‘plami, Birinchi va Ikkinchi Potapov o‘qishlari to‘plamlarini tayyorlashda ishtirok etgan. «Neofilologiya» ilmiy jurnalining doimiy taqrizchisi hisoblanadi. 2025-yildan buyon Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi vaqtda doktorlik dissertatsiyasi (DSc) doirasida «Adabiyotda intermediallik» mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. |
|
Temirova Shoira Gaybullayevna
Fakultetlararo rus tili kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1991-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 2018-yildan SamDU fakultetlararo rus tili kafedrasi katta o‘qituvchisi. Shoira Temirova o‘z faoliyati davomida xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida ko‘plab maqolalar chop ettirgan, shu jumladan, xorijiy ilmiy jurnallarda 30, respublika jurnallarida 70 ga yaqin maqola va tezislari, 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublikamiz OAK jurnallari e’lon qilingan. 1 uslubiy qo‘llanma muallifi.
|
|
|
Xadjikurbanova Gulbahor Aslitdinovna
2018-yildan buyon Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab keladi. Faoliyati davomida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 20 ga yaqin maqolalar e’lon qilgan. Jumladan, xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 15 dan ortiq tezislari bilan ishtirok etgan. |
|
|
Yuldasheva Saodat Turakulovna SamDU fakultetlararo rus tili kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2018-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 20 ga yaqin maqolalar e’lon qilgan. Jumladan, xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 15 dan ortiq tezislar bilan ishtirok etgan. |
|
![]() |
Kudratova Gulrux Izzatullayevna
Faoliyati davomida nufuzli jurnal va konferensiyalarda 56 dan ziyod ilmiy maqolalar nashr ettirgan. Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan nashrlarda ilmiy maqolalar ham nashr ettirgan. 2025 yil mart oyidan boshlab Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti doktoranturasida mustaqil izlanuvchi bo’lib, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Rus va o‘zbek tillaridagi tasviriy so‘zlar hamda ularning so‘z turkumlari tizimidagi o‘rni” (Подражательные слова в русском и узбекском языках и их место в системе частей речи) mavzusidagi dissertatsiya ustida ilmiy izlanish olib bormoqda. |
|
Xamidova Umida Odilxonovna 2015-yildan beri Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasi o‘qituvchisi. “Sun‘iy intellekt vositalari yordamida qilingan tarjimalarning mutanosibligi muammolari” mavzusida tadqiqot olib bormoqda. 30 dan ortiq maqolasi xalqaro va respublika jurnallarida nashr etilgan. |
|
|
Ro‘zibayev Mardon Musurmonovich
Samarqand davlat universiteti fakultetlararo rus tili kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 10 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi. 5 uslubiy qo’llanma muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 1, boshqa nufuzli nashrlarda 5 maqolasi e’lon qilingan.
|
|
![]() |
Mamasoliyev Ilham Ubaydullayevich
Mamasoliyev Ilxam Ubaydullayevich 1970 yil 12 mayda Samarqand viloyati Payariq tumani Tupolos mahallasi ziyoli oilasida tug‘ilgan, millati o‘zbek, oilali. 1996 yilda Samarqand davlat universitetining rus filologiyasi fakultetini, 2001 yilda Samarqand Davlat universiteti rus filologiyasi fakulteti aspiranturasini bitirgan. 2002 yildan 2007 yilga qadar Samarqand Davlat universitetining rus filologiyasi fakulteti fakultetlararo rus tili kafedrasi o‘qituvchisi, 2007 yildan 2012 yilgacha katta o‘qituvchi, 2012 yildan 2018 yilgacha kafedra mudiri, 2018 yildan kafedra dots.nti lavozimida ishlab kelmoqda. U filologiya fanlari doktori, professor A. Pardayev rahbarligida “Антонимические группы в русском и узбекском языках” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borib, 2011 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ximoya qilgan. Xozirda I.U.Mamasoliyev o‘z ilmiy faoliyatini davom ettirgan xolda «Активные процессы в лексике и словообразовании русского и узбекского языков конца XX в начале XXI вв. (на материале средств массовой информации Узбекистана)» mavzusida doktorlik (DSc) ishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Mamasoliyev I.U. 2 ta ilmiy monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 80 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. |
![]() |
Fakultetlararo rus tili kafedrasi tarixi 1958-yilda rus tili kafedrasi bazasida milliy guruhlarda rus tili kafedrasi tashkil topgan. Kafedraning maqsadi o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda universitetning maxsus kafedralariga yordam ko’rsatishdir. Kafedraning birinchi mudiri ilmiy izlanishlari rus va o‘zbek tillarining qiyosiy grammatikasi muammolari va milliy guruhlarda rus tili o‘qitish metodikasi bilan bog‘liq bo‘lgan dotsent A.Abrajev edi. Kafedrada A.Fuksman, A.Yakovleva, P.Grigoryev, S.Dyugay, Z.Shugurova, A.Akopova, V.Vitovskaya, R.Tabaeva, R.Mamadjanova, L.Barkaeva, V.Gorbenko, A. Babaxadjaev, R.Mo’minova kabi tajribali o‘qituvchilar ishlagan A.Tixonov, G.Soy, X.Ikromovalar kafedrada o‘z ish faoliyatlarini boshlashgan. 1963-yilda kafedra mudiri dotsent A.Soy bo‘lgan. Kafedraning ilmiy izlanishlari faqatgina rus tilini milliy guruhlarda o‘qitish metodikasi bilangina emas, balki hozirgi zamon rus tili muammolari bilan ham bog‘liq. Kafedra Moskva, Sankt-Petergburg, Tver, Yerevan, Baku, Toshkent oliy o‘quv yurtlari bilan aloqa bog‘lab kelgan. |
![]() |
1980-yilda kafedra ikkiga bo‘lingan: tabiiy fanlar fakultetlari uchun milliy guruhlarda rus tili kafedrasi, kafedra mudiri dotsenti V.Shegolixina va gumanitar fakultetlar uchun milliy guruhlarda rus tili kafedrasiga professor A.Soy rahbarlik qilgan. 1987-yilda kafedra yana birlashdi. Kafedra mudiri professor A.Soy bo‘ldi. Kafedra tashabbusi bilan doimiy ilmiy uslubiy konferensiyalar o‘tkazildi. 1990-2012-yillarda kafedrani professor A.Pardayev boshqargan. 2012-2020-yillar davomida kafedrani dotsent I.Mamasoliev, dotsent I.Babakulov boshqargan. 2021-yilda ikkita kafedra - rus tilshunosligi va rus tili kafedralari birlashtirilib, fakultetlararo rus tili kafedrasi deb nomlandi. 2024-yilda kafedra ikkiga bo‘lindi va fakultetlararo rus tili va rus va umumiy tilshunoslik kafedralari tashkil etildi. Bugungi kunda fakultetlaro rus tili kafedrasida 14 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 5 nafari dotsent, 4 nafari katta o'qituvchilar. |
Kafedra hayotidan fotolavhalar












