Samarqand davlat universiteti

fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri Orifjon Raupov.

+ 99893 729 23 23 orifjon.raupov@mail.ru

    Dotsent Orifjon Raupov ilmiy-pedagogik faoliyati davomida jismoniy madaniyat va sport sohasida olib borilayotgan ishlarning ilmiy-nazariy jihatlarini chuqur asoslashga bag‘ishlangan 2 o‘quv qo‘llanma, 1 uslubiy qo‘llanma, 3 uslubiy ko‘rsatma, 4 ОAK tasarrufidagi va 4 xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etgan. 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

    “Методы обучения по избранным видам спорта” nomli o‘quv qo‘llanma, “Sportda harakat faoliyati fiziologiyasi va jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi omillar” nomli uslubiy qo‘llanma muallifi.  Faoliyati davomida bir qancha maqolalari xalqaro nashrlarda “Modern science and higher education are foundation of science and development”, “The role of physical culture in tne education of a developed generation” hamda “Section: Phisical culture and methods os education” nomli maqolalari Journal Impact Factor ilmiy bazasiga kiruvchi Web of Scientist: International Scientific Research journal (WOS) xorijiy jurnallarda chop etilgan.

Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi a’zolari

Qosimova Ra’no Axmedovna

ranoqosimova4319@gmail.com

Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti. 2000-yildan Samarqand davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasida faoliyat yuritib keladi.

Ra’no Qosimova jismoniy madaniyat va sport muammolariga oid 180 dan ziyod  ilmiy, uslubiy  maqolalar  nashr ettirgan. 14 uslubiy  tavsiyanoma,  7 o‘quv qo‘llanma, 1 monografiya, 1 darslik muallifi.  Shuningdek, 70 dan ziyod respublika  va xalqaro  ilmiy-amaliy  anjumanlarda maqolalari bilan ishtirok etgan.

Dotsent Ra’no Qosimova ko‘p yillardan  buyon Samarqand davlat universitetining talabalar sport sog‘lomlashtirish  oromgohini boshqarib kelmoqda.

 

Kurbanov Akbar Aslamovich

akbarkurbanob0920@gmail.com

1998-yildan Samarqand davlat universitetining fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi.

Akbar Kurbanov faoliyati davomida Web of Sciense bazalarida indeksasiyalangan ilmiy jurnallarda 3 maqola chop ettirgan. Akbar Kurbanov 4  o‘quv-uslubiy ishlanma, 2 fan dasturlari muallifi. Respublika ОAK tassarufidagi ilmiy jurnallarda 3 maqola chop etgan.

60 dan ortiq xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida maqolalari bilan ishtirok etgan.

Isayev Negmat Islomovich

negisayev@gmail.ru

1998-yildan Samarqand davlat universitetining fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

“Jismoniy tarbiyadan sportga” nomli uslubiy qo‘llanma mualifi. 15 dan ortiq maqolalari bilan xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida ishtirok etgan. 

 

Oblanazarov Faxriddin Asadovich

foblanazarov@mail.ru  

Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi assistenti. Faxriddin Oblanazarov faoliyati davomida 2 uslubiy qo‘llanma, 1 o‘quv qo‘llanma va 8 respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

U boshqargan Samarqand terma jamoasi “Universiada-2016” va “Universiada-2020” sport musobaqalarida faxrli III-o‘rinni egallab Prezident sovg‘asi bilan taqdirlangan. 

 

Mirzayev Laziz Tolipovich

mirzayevlaziz892@gmail.com

2018-yilda buyon Samarqand davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasida o‘qituvchi-assistent lavozimida ishlab kelmoqda.

Voleybol sport turi bo‘yicha sport ustasi nomzodi. 

2021-yildan SamDU mustaqil izlanuvchisi. “5-6-sinf o‘quvchilarni voleybol sport turiga saralashda maxsus jismoniy tayyorgarlik vositasidan foydalanishning mexanizmlari” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi haqida

Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya  va sport kafedrasi  1927-yilda tashkil topgan.

2015-yilda kafedra fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport, 2021-yilda fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedrada bugungi kunda «Jismoniy madaniyat va sportni ta’lim yo‘nalishlariga asosan dars jarayonida tashkil etish» mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bosh mavzuga mos holda kafedrada bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Bu ishlar bugungi kunda jismoniy madaniyat va sport sohasida dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu muammolarni o‘rganish jismoniy madaniyat va sport sohasini har tomonlama takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. 

Shuni nazarda tutgan holda kafedraning bir qator professor-o‘qituvchilari bosh ilmiy mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, ilmiy maqola, uslubiy qo‘llanmalar chop etishib,  jismoniy madaniyat bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha  mutaxassislar tayyorlash tizimiga ilmiy tadqiqot natijalarini tadbiq etmoqda.

Kafedrada ilmiy texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari o‘quv jarayoniga joriy etib kelinmoqda.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari bosh mavzudan kelib chiqqan holda bir qancha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, jismoniy madaniyat bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha  mutaxassislar tayyorlash tizimiga ilmiy tadqiqot natijalarini tadbiq etmoqda.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 10 dan ortiq darslik,  o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar  yaratilgan. Shuningdek, 5 dan ortiq monografiya, 10 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 20 dan ziyod ilmiy to‘plam, 300 ga yaqin ilmiy maqola va 150 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etilgan.

Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari

Jismoniy tarbiya va sport

Bakalavr

Barcha bakalavr ta’lim yo‘nalishlarda 20 dan ortiq sport turlar bo‘yicha to‘garaklar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda

Kafedra hayotidan fotolavhalar