Samarqand davlat universiteti

ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri

Qobilov Ergash Egamberdiyevich

 +99897 285 59 26  Ekobilov.1961@samdu.uz  

  

Tibbiyot fanlari doktori, professor. 2017-yildan Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida professor, 2021-yildan kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Ergash Qobilov 1995-yil Toshkent Pediatriya tibbiyot insititutida tibbiyot fanlari nomzodligiga bag'ishlangan "Bolalarda o'tkir destruktiv pnevmoniya kasalligini davolashda differentsial yondoshuv" mavzusida va 2006-yil Rossiya davlat tibbiyot univerisiteti ilmiy kengashida "Bolalarda o'tkir ichak tutilishi, diagnostikasi va davolashda laparoskopiyaning roli" mavzusidagi doktorlik dissertasiyalarni muvoffaqiyatli himoya qilgan. U 2004-yildan Rossiya bolalar xiruruglari assotsiatsiyasi, 2017 - yildan Yevropa bolalar vrachlari assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi. Rossiya va O'zbekiston tibbiyot fanlari doktori.

Faoliyati davomida 5 monografiya, 5 o'quv qo'llanma, 6 darslik, 80 dan ortiq o'quv-uslubiy qo'llanmalar nashr etgan. Shuningdek, 3 ta patent, 30 ta takomillashtirilgan takliflar, maqola va tezislar hamda 350 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi. Xalqaro jurnallarda 10 dan ortiq maqolalari nashr etilgan. 2021-yilda "O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. SCOPUS bazasiga kiruvchi jurnallarda 2 maqolasi e'lon qilingan.

https://scholarexpress.net/index.php/wbph/about/editorialTeamhttps://iaeme.com/ijaret/index.asp 

 

Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi​ aʼzolari

 

Zuvayd Izzatullayev

zizzat@yandex.com  

 

Biologiya fanlari doktori, professor. 1992-yildan boshlab, Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1970-yilda “Hisor tizma tog’lari va yondosh hududlari quruqlik mollyuskalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1981-1983- yillar Rossiya Zoologiya instituti (ZIN) doktoranturasida o’qigan. 1988-yil “O’rta Osiyo va uning yondosh hududlari suv mollyuskalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Olim tadqiqotlar natijasida Markaziy Osiyo suv molyuskalarining to’liq turlar tarkibini aniqladi va fan uchun 100 ga yaqin molyuskalarning yangi turlarini fanga kiritdi. O’zbekiston malakologlari maktabi asoschisi. 

Olim tomonidan 600 dan ortiq ilmiy, uslubiy va ommabop ishlar chop etilgan. Shu jumladan, 3 monografiya, 4 darslik,  20 ga yaqin o’quv qo’llanmalar, risolalar, ma’ruza matnlari va 2 Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalari nashr etilgan.

link 

Botirov Xidir Fayziyevich

botirovxidir@samdu.uz

 

Qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor. Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1980-yilda “Zarafshon vohasi sharoitida qand lavlagidan ko'chatsiz urug' olish” bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini va 1996-yilda "Zarafshon vohasida qishki o'simlikshunoslikning ilmiy asoslari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1998-2005-yillarda OAK ekperti, 2005-yildan xalqaro MANEB va "Nuri Xo'jand" akademiyalari a'zosi sifatida ham faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Shu kunga qadar olimning 100 ga yaqin tavsiya, darslik, o'quv qo'llanma, monografiya, 400 ga yaqin ilmiy va ommabop maqolalari e’lon qilingan.

To’xtayev Mustafo Qurbonovich

tuxtayevmustafo@samdu.uz

 

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 2018-yildan Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritadi.

1996-yilda "Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligini mediko-sotsial aspektlari va unda davolash va profilaktika ishlarini tashkillashtirish" mavzusi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Mustafo To’xtayev muallifligida jami 50 dan ziyod ilmiy ishlar nashr etilgan.

Akzamov Valeriy Baxriddinovich

akzamovvaleriy@gmail.co

 

Pedagogika fanlari nomzodi. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1995-yilda “Bлияние различаных концентрации NaCl на пищеварительного и транспортнего конвейера желудочного кишечного тракта у крыс” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Valeriy Akzamov o‘z faoliyati davomida AQSH va Rossiya Federatsiyasining yuqori reytingga ega bo‘lgan nufuzli jurnallarida 4 maqola chop ettirgan.

Madjidova Tanzila Raximovna

madjidovatanzila@samdu.uz

 

2002-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2007-yilda “Влияние биогумуса на некоторые агрохимические показатели почвы и продуктивност томатов в условиях защищенного грунта” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Tanzila Madjidova muallifligida jami 60 dan ziyod ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan 2 darslik, 2 o’quv qo’llanma, 2 monografiya, 10 o’quv-uslubiy qo’llanmasi nashr etilgan. Shuningdek, 2 Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolasi e’lon qilingan.

http://journalppw.com  

https://doi.org/10.1051/e3conf/2021265010324

Niyazova Oybaxor Baxritdinivna

oybaxorniyaziva@samdu.uz

 

Biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent. 1998-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2020-yilda “Zarafshon vodiysi mevali bog'lari tuproq makrofaunasi sistematikasi, bioekologiyasi va xo'jalikdagi ahamiyati” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Oybahor Niyozova tomonidan 10 ga yaqin monografiya, o‘quv, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar, 20 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr etilgan.

Belyalova Leylya Enveronva

belyalovaleylya@samdu.uz

 

Biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent. 2001-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2001-yilda “Shimoliy-g’arbiy Turkiston tizmalarida ornitofaunasi va uning ekologik xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

O’zbekiston Respublikasi qushlarni muhofaza qilish jamoasi Ijroiya kamitetining a’zosi, NNT “Zarafshonning NNT  kengash” raisining o’rinbosari.

Zarafshon milliy tabiat bog’ining ilmiy kengashining a’zosi. Flamingo klubining rahbari. 15 loyiha ijrochisi va rahbarligida o’zining ishini olib borgan.

Leylya Belyalova tomonidan 100 dan ortiq o’quv, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalari hamda  ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr qilingan.

Keldiyarova Gulmira Farxodovna

gulmirakeldiyarova@samdu.uz

 

Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD). 2021-yildan boshlab SamDU Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021-yilda “Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalaridan hosil bo’ladigan zararli moddalarning atrof-muhitga ta’sirini baholash” mavzusidagi falsafa doktori ilmiy darajasini olish bo’yicha ilmiy ish yoqladi.

Gulmira Keldiyarova tomonidan 1 monografiya, 1 o‘quv – uslubiy qo‘llanma, 70 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi. Xalqaro va mahalliy konferensiyalarda 45 dan ortiq maqolalari nashr etilgan.

Jumaladan, 3 ta patentni qo’lga kiritgan. Scopus jurnallarida 5 maqolasi e'lon qilingan.


 https://doi.org/10.1051/e3conf/2021265010324  
 https://doi.org/10.1051/e3conf/202126501031

Suyarov Sulton Allaberdiyevich

sulton.suyarov@mail.ru

 

2022-yildan boshlab, Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Sulton Suyarov muallifligida jami 20 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan 1 ta tavsiya muallifi. Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda 1 maqolasi e'lon qilingan. 

  https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57224823529 

Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi tarixi

 

1997-yilning avgust oyida SamDU rektori vazifasida faoliyat olib borgan akademik  J.Sattorovning tashabbusi bilan ilk bor “Tuproqshunoslik va ekologiya” fakulteti sifatida ochilgan. Bu fakultet Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo‘lib, keyinchalik uning tarkibida SamDU biologiya fakultetiga qarashli  ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va o‘simliklarni uyg‘unlashgan tizimda himoya  qilish  kafedrasi  negizida  yangi yo‘nalishdagi ekologiya va tabiatni muhofaza qilis kafedrasi tashkil etildi.

Kafedra 2001-yilda SamDU biologiya fakulteti tarkibiga birlashtirildi. 2005-yilda tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasi bilan qo‘shilgan holda ekologiya va agrokimyo kafedrasi nomi bilan yuritiladi. Kafedrani 1997-2011 yillarda professor Zuvayd Izzatullayev, 2011-2020-yillarda biologiya fanlari doktori, professor H.Boymurodov boshqardi.

2020-yildan boshlab ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi nomi bilan faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 

Hozirgi kunda kafedrada 10 professor-o`qituvchi faoliyat olib bormoqda.

Xalqaro hamkorlik: Kafedra tashkil etilgan kundan boshlab, uning a’zolari chet davlatlar oliygohlariga muntazam ravishda ilmiy aloqalarda bo‘lib kelmoqda.

Bugungi kunda kafedraning Rossiya xalqlar do'stligi universiteti (RUDN), Ukrainaning Jitomir davlat pedagogika universiteti, Rossiya fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, Belarus davlat universiteti, Tojikiston davlat meditsina universiteti, Tojikiston davlat universiteti, Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Irkutskiy davlat universitetlari bilan doimiy hamkorlik aloqalari bor.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

Bakalavr

60710400 (5630100) – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi o’qitilib kelinmoqda.

  • Ekologiya asoslari
  • O‘simliklar ekologiyasi
  • Hayvonlar ekologiyasi
  • Organizmlar tuzilish darajalari  va evolyusiyasi
  • Bioekologiya
  • Biosfera ekologiyasi
  • Biogeografiya
  • Ekologik ekspertiza va monitoring
  • O‘zbekiston “Qizil kitobi”
  • O'zbekiston ekotizimlari
  • Gidrobiologiya va gidroekologiya
  • Populyatsiyalar ekologiyasi
  • Ekosistemalar ekologiyasi
  • Biogeotsenologiya
  • Ekologiya o‘qitish metodikasi
  • Cho'llanish va cho'l resurslari ekologiyasi
  • Shahar va sanoat ekologiyasi
  • Hozirgi zamon ekologik muammolari
  • Bioxilma-xillik va uni muhofaza qilish
  • Mintaqalar ekologiyasi
  • Yer va suv resurslari ekologiyasi
  • Amaliy ekologiya
  • O‘zbekistonning ekologik muammolari
  • Umumiy ekologiya
  • Barqaror taraqqiyot va tabiatshunoslik asoslari
  • Ekoturizm
  • Ijtimoiy ekologiya
  • Iqlim o‘zgarishi va ekologik moslashuv
  • Tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish
  • Muqobil energetika
  • Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
  • Ekologiyada GAT texnologiyasi
  • Ekotoksikologiya va garbologiya
  • Biozararlantirish asoslari
  • Akvakultura
  • Hayot faoliyati xavfsizligi
  • Ekologiya o‘qitish uslubiyati
  • Ekologik siyosat va ekologik qonun
  • Tibbiy bilim asoslari
  • Yosh fiziologiya va gigienasi

 

Magistratura

  • 70710401 – Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  • 70710402 – Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) mutaxassisligi yo’nalishlari o’qitilib kelinmoqda.

 

  • Radiatsion ekologiya
  • Ekologik sertifikatlash
  • Ekologik me’yorlash va audit
  • Ekologik ta’lim va tarbiya
  • Chiqindilar rekultivatsiyasi va muammolari
  • Ekologik boshqaruv
  • Sanoat korxonalarida atrof-muhitni boshqarish
  • O’zbekstonning ekologik muammolari
  • O’zbekiston flora va faunasi muhofazasi
  • Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv
  • Urbanizatsiyalashgan hududlar ekologiyasi
  • Atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish strategiyasi

 

Kafedra hayotidan fotolavhalar