Doroshenko Irina Yuryevna
 dori11@ukr.net

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. Ukraina davlatining Kiyev Milliy Universiteti professori.
2020-yildan buyon SamDU Muhandislik fizika instituti Optika va spektroskopiya kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy faoliyati davomida 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari Scopus hamda Web of Science bazasiga kiruvchi nufuzli jurnallarda chop etilgan.
2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan fundamental fanlar bo‘yicha tanlovda g‘olib chiqib, 2 milliard 700 million so‘mlik ilmiy grantni qo‘lga kiritgan.

 DOI manzillari:

KIRILL ALEKSANDROVICH BRONNIKOV

kb20@yandex.ru

Fizika-matematika fanlari bo‘yicha fan doktori, professor. 2022-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti nazariy fizika va kvant elektronika kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Xalqaro “Gravitation va Cosmology” ilmiy jurnalining bosh muharriri, fizika-matematika fanlari doktori.

Bronnikovning ilmiy ishlari qora tuynuklar (black holes), yumronqoziq inlari (wormholes) va kosmologiya kabi mavzularni qamrab oladi. Uning “Black Holes, Cosmology and Extra Dimensions” nomli kitobi ushbu sohalardagi muhim asarlardan biri hisoblanadi. 190 dan ortiq ilmiy maqolasi SCOPUS jurnallarida nashr etilgan. Hirsh-index 40. Web of science jurnallarida 130 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan Hirsh-index 34.  

https://www.webofscience.com/wos/author/record/1350868

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=7004596531   

On the stability of electrovacuum space-times in scalar–tensor gravity | The European Physical Journal C

On the Stability of Spherically Symmetric Space-Times in Scalar-Tensor Gravity | Gravitation and Cosmology

 

Artikov Akram Muzaffarovich

akram@jinr.ru

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. 2010-yilda O‘zFA yadro fizikasi institutida fizika-matematika fanlari doktorligi dissertatsiyasini himoya qilgan.Hozirda Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining (Dubna, Moskva) yadro muammolari laboratoriyasi mudiri. Olim 2006-va 2020-yillarda “Разработка и создание сцинтилляционного детектора мюонов установки СДF-2 для опытов по физике тяжелых кварков на ТЭВатроне FNAL”mavzusida yaratgan ditektorlari uchun Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining ikki mukofotini qo‘lga kiritgan. 150 dan ortiq  maqolalari chop etilgan,  hirsh-index 79.  

https://www.scopus.com/redirect.uri?url=https://orcid.org/0000-0001-8149-3633&authorId=35226939900&origin=AuthorProfile&orcId=0000-0001-8149-3633&category=orcidLink

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=35226939900

https://doi.org/10.1016/j.nima.2024.169436

https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0168900224003620?via%3Dihub

Artikov, Akram M. - сведения об авторе - Scopus Preview

Chernyaev Aleksandr Petrovich

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. Moskva davlat universiteti fizika fakulteti tezlatkichlar fizikasi va radiatsion tibbiyot kafedrasi mudiri. Bir vaqtning o‘zida  Moskva davlat universiteti Yadro fizikasi ilmiy tadqiqot instituti “Nurlanish texnologiyalari va tibbiot fizikasi” laboratoriyasi mudiri. Rossiya “Tibbiy fiziklar” jamiyati prezidenti. 2006-2016-yillarda Moskva davlat universiteti prorektori lavozimida ishlagan. “Vatan oldidagi xizmatlari uchun II-darajali ordeni (2005-y), III darajali Abxaziya “ Shon-sharaf” ordeni (2017-y),2018-yilda Potanin fondi g‘olibi,  2020-yilda “Pedagogik faoliyati uchun” I-darajali Lomonosov mukofoti laureati sohibi bo‘lgan.   A.P. Chernyaev tezlatkichlar texnologiyasi, tibbiyot fizikasi va ionlashtiruvchi nurlanishlarning moddalar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi hamda yadro tibbiyoti sohasida dunyoda yetakchi mutaxassislardan biri.

Olim 60 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar muallifi. Nufuzli jurnallarda 300 dan ortiq maqolalari chop qilingan, hirsh-indexi 10.   

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=9233062300

https://scholar.google.com/scholar?start=20&q=Chernyaev,+A.P.&hl=ru&as_sdt=0,5

https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/39194180/

https://link.springer.com/article/10.1134/S1063779623040081

http://link.springer.com/article/10.1134/s0021894418030161

https://link.springer.com/article/10.3103/S106287382004022X

https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0168583X20301828

https://aapm.onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1002/acm2.14491

https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0168583X20301828?via%3Dihub

Levent Trabzon

levent.trabzon@itu.edu.tr

                                

Texnika fanlari doktori (DSc), professor. Olim 2000-yildan buyon Istanbul Texnika universiteti (İTÜ) Mexanika muhandisligi fakultetida faoliyat yuritadi. Uning ilmiy tadqiqotlari mikrofluidika, mikroelektromexanik tizimlar (MEMS), nanofabrikatsiya, sensor texnologiyalari va polimer-nanokompozitlar kabi sohalarni qamrab oladi. 2024-yildan Samarqand davlat universiteti, Muhandislik fizikasi instituti qattiq jismlar fizikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Faoliyati davomida 1400 dan ortiq maqolalariga iqtiboslar keltirilgan. 5100 dan ziyod ilmiy maqolalar, 20 ta tamomlangan 2 ta aktiv loyiha muallifi. SCOPUSda hirsh-index 32.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=en&user=OyTEl54AAAAJ&citation_for_view=OyTEl54AAAAJ:u_35RYKgDlwC

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=en&user=OyTEl  54AAAAJ&citation_for_view=OyTEl54AAAAJ:nb7KW1ujOQ8C

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=en&user=OyTEl54AAAAJ&citation_for_view=OyTEl54AAAAJ:qxL8FJ1GzNcC

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=en&user=OyTEl54AAAAJ&citation_for_view=OyTEl54AAAAJ:1sJd4Hv_s6UC

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=en&user=OyTEl54AAAAJ&citation_for_view=OyTEl54AAAAJ:1sJd4Hv_s6UC

Saydullaeva Iroda Usmanovna
 iroda_55@hotmail.com

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. Turkiyaning Izmir shahridagi Ege Universiteti professori.
2024-yildan buyon SamDU Muhandislik fizika instituti Optika va spektroskopiya kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ilmiy faoliyati davomida 5 dan ortiq maqola va tezislari Scopus hamda Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda chop etilgan.
2024-yildan “Bird-1/140: Solar Windows with Luminescent Quantum Dots for Building Integration and Smart Greenhouses” loyihasi doirasida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

 Havolalar:

Granovskiy Aleksandr Borisovich
gran60@mail.ru
http://magn.phys.msu.ru/Rus/staff/GranovA.html

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. 2021–2022 o‘quv yilidan buyon Samarqand davlat universitetida xorijiy professor sifatida faoliyat yuritadi. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori.

Granovskiy Aleksandr Borisovich ilmiy faoliyati davomida 10 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 10 ta monografiya va 13 ta patent, shuningdek, 350 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifidir.
SCOPUS bazasida uning Hirsh indeksi30.

 Asosiy maqolalari:
 Web of Science maqola 1
DOI: 10.1016/j.jallcom.2025.179036

 Web of Science maqola 2
DOI: 10.3103/S0027134924701935

 Web of Science maqola 3
DOI: 10.1016/j.jmmm.2023.171505

Isxakov Rauf Sadikovich
rauf@iph.krasn.ru
http://kirensky.ru/ru/institute/staff/cv/ishakov-rauf-sadykovich

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. 2024–2025 o‘quv yilidan beri Samarqand davlat universitetida xorijiy professor sifatida faoliyat yuritadi. Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi Fizika instituti Magnit plonkalar fizikasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining yetakchi mutaxassisi.

U Krasnoyarsk texnika universiteti talabalariga fizik materialshunoslikning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza kurslarini o‘qitadi. Uning rahbarligida 13 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. 300 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. SCOPUS bazasida h-indeksi – 21.

Isxakov Rauf Sadikovich ferromagnit nanostrukturali qotishmalarning (amorf, nanokristalli, nanofaza va boshqalar) magnit materialshunosligi sohasidagi taniqli mutaxassis bo‘lib, hozirgi vaqtdagi tadqiqotlari turli texnologiyalar yordamida sintez qilingan nanostrukturali ferromagnitlarning magnit xususiyatlarini nanosimlar, ko‘p qatlamli yoki ommaviy nanostrukturalar ko‘rinishida tavsiflashdan iborat.

Maqolalari:
WOS:001287579000004 — DOI: 10.1134/S2075113324700400
WOS:001364588700001 — DOI: 10.1016/j.jmmm.2024.172675
WOS:001552730200003 — DOI: 10.1134/S0021364025607353

Xovaylo Vladimir Vasilyevich
khovaylo@misis.ru
https://misis.ru/science/community/scientists/3791/

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. 2021–2022 o‘quv yilidan boshlab Samarqand davlat universitetida xorijiy professor sifatida faoliyat yuritadi. Moskvadagi Po‘lat va qotishmalar instituti (MISIS)ning yetakchi mutaxassisi. Institut talabalariga “Energoeffektiv materiallar va texnologiyalar” hamda “Geysler qotishmalarining fundamental va amaliy jihatlari” fanlaridan ma’ruzalar o‘qiydi.

Xovaylo Vladimir Vasilyevich rahbarligida 5 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan bo‘lib, u 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. SCOPUS bazasida h-indeksi — 32.

U “Rossiyeskie nanotexnologii” xalqaro jurnali tahririyati a’zosi. Uning hozirgi tadqiqotlari nanostrukturali termoelektrik materiallar, metall qotishmalar va birikmalarning magnit xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Maqolalari:
WOS:001543396500001 — DOI: 10.1016/j.jallcom.2025.182539
WOS:001553151500001 — DOI: 10.1021/acs.chemmater.5c01634
WOS:001560521400006 — DOI: 10.3103/S1061386225700165