KASBIY ODOB-AXLOQ VA MAS’ULIYAT — TA’LIM XAVFSIZLIGI KAFOLATI
Samarqand davlat universitetida “Xotin-qizlarga nisbatan shilqimlik — jamiyat kelajagiga putur yetkazish” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Samarqand davlat universitetida talaba-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan shilqimlik, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda ta’lim muassasasida xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan profilaktik suhbat tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi S. Ro‘ziyeva, universitet profilaktika inspektori Shahboz Murodullayev va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar. Suhbat davomida kasbiy odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish, xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ularga nisbatan har qanday nomaqbul xatti-harakatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.






