Leonard Sobirov – Samarqand davlat universiteti nazariy fizika va kvant elektronika kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori.

    Leonard Sobirov 1 monografiya, 2 darslik, 8 o‘quv qo‘llanma, 9 uslubiy qo‘llanma va 200 dan ortiq ilmiy ishlari muallifi. Ilmiy maqolalarining 78 tasi Scopus va Web of Science bazasidagi nufuzli jurnallarida chop etilgan.

    Olim 2 xalqaro va 2 respublika ilmiy jurnallari tahrir hayʼati aʼzosi.

    Leonard Sobirov ilmiy rahbarligida 1 doktorlik, 11 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

    Leonard Sobirov 1983-yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti, 2018-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2023-yilda “Mehnat faxriysi” I darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.