Turkiyalik Navoiyshunos olimlar Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi…
Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Turkiyaning Boshkent universiteti Alisher Navoiy tadqiqot markazi direktori, professor Abdurrahmon Guzel Samarqandda bo‘ldi. Olimga turkiyalik professorlar Hamiye Duran va Nihal Yavuzlar hamrohlik qildi.
Tashrif davomida Samarqand davlat universiteti Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishib, hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Martabali mehmon filologiya fakultetida bo‘lib, talabalarga hazrat Alisher Navoiy ijodi mavzusida dars berdi.
Abdurrahmon Guzel SamDU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor, navoiyshunos olim Ibodulla Mirzayev bilan uchrashib, ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasida kelishdi. Shuningdek, Ibodulla Mirzayev bosh muharrirligidagi “Alisher Navoiy” xalqaro jurnali haqida fikr yuritildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.