Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Umida Rashidovaning “O‘zbek tilidagi somatik iboralarning semantik-pragmatik tahlili” nomli monografiyasi nashr etildi.

    Ushbu monografiya o‘zbek tilidagi somatik iboralarning shakllanishi, ularning idrok etish jarayonidagi o‘rnini aniqlash, bunday iboralarning faksafiy-gneseologik asoslarining belgilanish tarixini ko‘zdan kechirish, bunday birliklarning matnda qo‘llanish xususiyatlarini semantik-pragmatik jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Shuningdek, ishda o‘zbek tilida faol qo‘llanuvchi inson tana a’zolari bilan bog‘liq somatik frazemalarning pragamatik, lingvokulturologik, kognitiologik, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari ko‘z, qo‘l va yurak komponentli somatik frazemalar misolida ochib berilib, muayyan ilmiy xulosalarga kelingan.

    Mazkur monografiya filolog talabalar, magistrantlar va o‘zbek frazeologiyasi muammolari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

    

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.