Bugun Samarqand davlat universiteti dotsenti Abdulla Quvvatovning tug’ilgan kuni.

    Analitik kimyo kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Abdulla Quvvatov 1949-yil tug’ilgan. 74 yoshni qarshi olgan olim 50 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatmoqda.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini bugungi kun munosabati bilan tabriklab, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi. 

    Samarqand davlat universiteti 
    Axborot xizmati.