Samarqand davlat universitetiga Moskva davlat universitetining quruqlik gidrologiyasi kafedrasi mudiri, professor Natalya Frolova rahbarligidagi 20 nafar o’qituvchi va talabalar tashrif buyurdi. Bundan asosiy maqsad SamDU geografiya maktabi faoliyati bilan tanishi va tajriba almashish.

    Samarqand davlat universiteti prorektori Akmal Axatov mehmonlar bilan o’tkazgan uchrashuvida tomonlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash, professor-o’qituvchi va talabalar almashinuvini tizimli yo’lga qo’yish, ilmiy loyiha va xalqaro konferensiyalar tashkil etish bo’yicha so’z yuritdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.