Dizayn (landshaft dizayni) yo‘nalishi Samarqand davlat universitetida ilk bor tashkil etilgan bo’lib, kirish sinovlari uchun ijodiy imtihonlar ikki bosqichda olib borildi. Birinchi bosqichda abituriyentlarning chizmachilik bo’yicha, ya’ni turli xil geometrik shakllarni chizish malakasi sinovdan o’tkazilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda kompozitsiya fani bo’yicha qobilyatlarini namoyon etdi.

    Imtihon uchun abituriyentlarga har bir bosqichda 3 soatdan vaqt ajratilgan.

    Imtihonga xolis kuzatuvchilar sifatida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va ota-onalar ishtirok etmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul vakillari jarayonning shaffof o’tishini nazorat qilmoqda. Shuningdek, jarayonlar camera.samdu.uz sayti orqali jonli efirga uzatildi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.