Bugun Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot xavfsizligi kafedrasi dotsenti Leyla Belyalovaning tavallud topgan kuni.

    Biologiya fanlari nomzodi, Leyla Belyalova  Zarafshon davlat qo‘riqxonasi katta ilmiy xodimi, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) ishchi guruhi a’zosi. 2018-yilda BBС tomonidan tuzilgan “Dunyoning eng nufuzli 100 ayoli” ro‘yxatiga kiritilgan. Samarqand shahrida tug’ilgan. 66 yoshni qarshi olgan olima, 46 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi