Samarqand davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Orzibonu Yusupovaning “Sotsiolingvistika” nomli o’quv qo’llanmasi nashr etildi.

    Mazkur o'quv qo'llanmada "Sotsiolingvistika" fanini o'zlashtirish uchun bo'lgan asosiy mavzular berilgan bo'lib, "Sotsiolingvistika" fanining o’rganish predmeti, maqsad va vazifalari to'g'risida, bu sohaning shakllanish sharq va g'arb mutafakkirlarining asarlaridagi sotsiolingvistik qarashlar, setiolingvistika yo'nalishlari, tadqiqot metodlari, tilning funksional tasnifi ijtimoty-kommunikativ tizim, jamiyatdagi o'zgarishlarning til sathlari rivojiga ta'siri, til kontakti tushunchasi, til kontakti tufayli vujudga keluvchi sotsiolingvistik hodisalar, bilingvizm va uning turlari, interferensiya hodisasi, muloqot olami tarkibiy qismlari, muloqot jarayonida so'zlovchi va tinglovchining madaniyati, ralingvistik va ekstralingvistik vositalar haqida talabalarning tasavvurini kengaytirishga dastlabki bilimlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga qo'shimcha ma'lumotlar bilan ta'minlashga mo'ljallangan.

    Qo'llanmadan filologiya ta'lim yo'nalishi talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar foydalanishi mumkin.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.