Oltoy davlat universitetining 4 nafar magistranti akademik mobillik dasturi doirasida Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakultetiga tashrif buyurdi.

    Mazkur dastur “Markaziy Osiyo mamlakatlarida atrof-muhitni boshqarishda qo‘llaniladigan zamonaviy metod va texnologiyalar (O‘zbekiston misolida)” mavzusiga qaratilgan bo’lib, uning maqsadi ilmiy-tadqiqot va amaliy ish ko‘nikmalarini mustahkamlash, Markaziy Osiyo davlatlarining global va mintaqaviy muammolari sohasidagi bilimlarni chuqurlashtirish, O‘zbekiston hududini tabiatdan foydalanish va barqaror rivojlantirish strategiyasini o‘rganish, shuningdek xorijiy davlatlar hududida geofazoviy tahlil sohasida qo’llaniladigan dala va masofaviy zondlash tadqiqot usullarini o’rganishdan iborat.  

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.