Samarqand davlat universitetiga Ege universitetining O‘rhun dasturi koordinatori Ibrahim Shahin tashrif buyurdi. Turkiyalik mehmon bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor, professor Akmal Axatov uchrashuv o’tkazdi.

    Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, SamDU qoshidagi Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishish. Shuningdek, kelajakdagi maqsadli rejalarni belgilab olish.

    Muzokaralar chog’ida hamkorlikda Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti faoliyatini yaxshilash, ilmiy izlanishlar olib borish uchun dolzarb bo’lgan mavzularni belgilab olish bo’yicha kelishib olindi.

    Ibrahim Shahin tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishib, o’zining taklif va fikr mulohazalarini bildirdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati