Bugun Samarqand davlat universiteti san’atshunoslik kafedrasi katta o’qituvchisi Asqarali Odilovning tug‘ilgan kuni.

    Asqarali Odilov 1960-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. 63 yoshni qarshi olgan olim 33 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
 

Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi