Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari diqqatiga!!!

 

    Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan  samdu.uz veb saytiga  820 nafar professor-o‘qituvchi haqida quyidagi ma’lumotlar kiritildi: surati, ilmiy faoliyati, elektron pochtasi, Scopus  va Web of Science bazasi nashrlarida chop etilgan maqolalari...

    Samarqand davlat universitetining 59 kafedrasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kafedra faoliyatidan suratlar joylashtirildi. 

    Professor-o‘qituvchilar haqidagi ma’lumotlar samdu.uz saytining kafedralar bo‘limidan  o‘rin olgan.

    Diqqat: Professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatidagi ma’lumotlar o‘zgarsa, samdu.uz adminiga murojaat qilishingiz so‘raladi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.