Samarqand davlat universiteti va Yaponiyaning Tottori universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi imzolangandan so‘ng, tomonlar ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi imkoniyatlarini aniqlashga bag‘ishlangan seminar o‘tkazdi.

    Tantanali marosimda Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonovlar ishtirok etdi.

    Rustam Xolmurodov O‘zbekistonning ilm-fan va agrar sohadagi imkoniyatlari, istiqboldagi rejalar va ularni amalga oshirish yo‘llari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

    Muzokaralar davomida muammolarni hamkorlikda hal etishga kelishib olindi.

    SamDU delegatsiya a’zolari tomonidan alohida yo‘nalishlarda, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy qilish, qurg‘oqchil mintaqa tabiiy yaylov resurslaridan samarali foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologoyalari bo‘yicha ma’ruzalar qildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.