Samarqand davlat universitetida salomatlik spartakiadasi g’oliblari taqdirlandi…

Samarqand davlat universiteti sport klubi tomonidan “Sog‘lom turmush – buyuk kelajak” shiori ostida o‘tkazilgan salomatlik spartakiadasi o’tkazildi. Ushbu musobaqaning o’tkazishdan maqsad professor-o‘qituvchi, ishchi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilishdir.
Musobaqa futbol, shaxmat-shashka, stol tennis sport turlari bo’yicha o’tkazildi. Natijalariga ko’ra g’olib va sovrindor bo’lgan jamoa Samarqand davlat universiteti boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.