Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baʼzi joylarda tuman tushadi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrga yetishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

    Viloyatimizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.