"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, ertaga O‘zbekiston hududiga O‘rta Yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida respublika bo‘yicha hafta davomida beqaror ob-havo bo‘ladi.

    1 fevraldan 3 fevralgacha O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1-2 fevralda yog‘ingarchilik Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarining ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi.

    31 yanvar va 1-2 fevral kunlari respublika bo‘yicha ayrim hududlarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

    Havo harorati hafta davomida me’yor atrofida bo‘ladi va kechalari 1 daraja sovuq-4 daraja iliqni, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.