Maqollarni hayot qomusi, xalq og‘zaki ensiklopediyasi, o‘ziga xos bir badiiy-tarixiy solnoma deyish mumkin. Ular insonlar aqlini o‘tkirlashtiradi, nutqini ravshan va ta’sirchan qiladi, hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlay bilishga, hayotiy jumboqlar va muammolarni to‘g‘ri yechishga o‘rgatadi. Shuningdek, maqollar o‘z ijodkori bo‘lmish xalqning dunyoqarashini, madaniy, maishiy hayotini, tafakkur xazinasini jamlovchi eng kichik og‘zaki ijod namunalari sifatida juda qadimiydir.

    Insoniyat tomonidan yaratilgan maqollarning tematikasi keng va rang-barangdir. Ayniqsa, maqollar she’riyati va didaktizmi bilan qadimdan mashhur  bo’lib, tematik jihatdan shu qadar boy, shu qadar keng, shu qadar rang-barangki, ularda ijtimoiy hayotning eng murakkab muammolaridan tortib oilaviy hayotning eng kichik urf-odatlarigacha, oliy axloqiy me’yorlardan tortib kishilar xarakteridagi mayda-chuyda nuqsonlargacha, falsafiy dunyoqarashdan tortib eng kichik jonivorlarning xususiyatigacha o’z in’ikosini topgan. Qisqasi tabiat va jamiyat hayotining biron-bir sohasi yo’qki, u maqollarda o’z aksini topmagan bo’lsin. Maqollar o’z navbatida pedagogika sohasida, ya’ni ta’lim va tarbiya jarayonida  bizga eng kerakli, vaqt sinovidan o’tgan ishonchli manba bo’lib xizmat qiladi. Albatta, biz ulardan o’z o’rnida unumli va o’rinli foydalansak maqsadga muvofiq bo’lar edi.

    Biz o’zaro muloqat jarayonida o’z fikrimizni dalillash uchun xalq maqollaridan ko’p foydalanamiz. Bu narsa bizga nutqimizni go’zal, jozibali va ishonchli bo’lishida yordam beradi. Masalan farzand tarbiyasi haqida shunday bir fikr bor: “Sen farzandingni tarbiyalama, eng avvalo o’zingni tarbiya qil. Farzandingga biror bir xato ishni qilmaslikni qancha uqtirsang ham o’sha ishni o’zing qilsang, farzanding sen kabi shu ishni aynan takrorlaydi.  Farzand - oynadir”.

    Xalqimiz boy ma’naviy merosining ajralmas bir bо‘lagi sifatida yashab kelayotgan maqol, matal va iboralarni о‘rganish, ularda aks etgan xalq hayotini, insoniy tuyg‘ular tasvirini kо‘rsatish har doim dolzarblik kasb etib kelgan. Bizga ma’lumki, xalq og‘zaki ijodi о‘z ichiga dostonlarni, afsonalarni, maqollar va matallarni oladi. О‘zbek millatini ma’naviy qiyofasini, о‘zligini kо‘rsatib beradigan xalq og‘zaki ijodining namunasi  maqollar ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Maqollarni о‘rganish va о‘rgatish yoshlarimiz ma’naviyatida о‘z millatiga nisbatan hurmatni, qalbida faxr tushunchasini beradi.  Xalqimiz turmush tarzi ifodalangan manbalardan biri sifatida xalq og‘zaki ijodi,deb qarashimiz mumkin. Maqollar esa xalq og‘zaki ijodining yirik namunasidir. Maqollarni о‘rganishimiz о‘z tilimizga nisbatan hurmatni, uni yoshlarimiz ongiga singdirib ularda qadriyatlarimizga nisbatan faxr tuyg‘usini rivojlantirishga katta yordam beradi. Shu bilan birga maqollarimizni chet el maqollari bilan taqqoslash ularni о‘rganish ham boshqa millatlarga nisbatan hurmatni va ularni dunyo qarashidan boxabar bо‘lishimizga katta turtki bо‘ladi. 

    Ma’lumki, tarbiya kо‘proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg‘usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bо‘ladi va bu orqali о‘quvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayr-u ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g‘urur, matonat, mehr-oqibat, dо‘stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bо‘ladi. Albatta, bu jarayonda xalq maqollarining о‘rni beqiyosdir. Jumladan, maqol janridagi asarlar ham boladagi qо‘pollik, qо‘rslik, yolg‘onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi.

    Хаlq maqollari asrlar davomida sayqal topib, mumtoz qiyofa va mazmun kasb etgan, nutqda faol ishtirok etuvchi paremik birlik sifatida xalq qadriyatlari, urf-odat va an’analari, tarix va madaniyat, ta’lim va tarbiya, odob-axloq masalalari talqini va tavsifini, umuman, millat mentalitetini tо‘la namoyon etuvchi kо‘p qirrali hodisadir. Xalq og‘zaki ijodi tomonidan yaratilgan maqollarning mavzu doirasi keng va rang-barangdir. Ayniqsa, maqollar she’riyati va didaktizmi bilan qadimdan mashhur  bо‘lib, tematik jihatdan shu qadar boy, shu qadar keng, shu qadar rang-barangki, ularda ijtimoiy hayotning eng murakkab muammolaridan tortib oilaviy hayotning eng kichik urf-odatlarigacha, oliy axloqiy me’yorlardan tortib kishilar xarakteridagi mayda-chuyda nuqsonlargacha, falsafiy dunyoqarashdan tortib eng kichik jonivorlarning xususiyatigacha о‘z in’ikosini topgan. Qisqasi tabiat va jamiyat hayotining biron-bir sohasi yо‘qki, u maqollarda о‘z aksini topmagan bо‘lsin. Maqollar о‘z navbatida pedagogika sohasida, ya’ni ta’lim va tarbiya jarayonida  bizga eng kerakli, vaqt sinovidan о‘tgan ishonchli manba bо‘lib xizmat qiladi. Маqоllar tо‘plamlarda yetmishdan ortiq mavzu guruhlariga bо‘lingan. Ularning ichida nutq madaniyati, muomala, muloqat odobi masalasiga oidlarining о‘zi ichki tasniflashda oz sо‘zlash, tinglash, sukut saqlash, shirinsо‘zlik, tо‘g‘ri sо‘zlash, mushohadakorlik, Vatan, kasb-hunar, farzand tarbiyasi va hokozo mavzularni о‘z ichiga oladi. Albatta, biz ulardan о‘z о‘rnida unumli va о‘rinli foydalansak maqsadga muvofiq bо‘lar edi.

 

Sanobar Saidazimova
Samarqand davlat universiteti
Filologiya fakulteti magistri