AQSH Konstitusiyasining yaratilishi Jorj Vashington nomi bilan bog‘lanadi. Amerikaning o‘ttiz ikkinchi Prezidenti Franklin Ruzvelt haqida biz bilgan va bilmagan tarix...

    1. 1787 yil dunyoda birinchi bo‘lib, AQSH konstitusiyasi qabul qilinadi. Asosiy qonunni yaratilishi Jorj Vashington nomi bilan bog‘lanadi.

    2. AQSH konstitusiyasi muqaddima va 7-moddadan iborat. Moddalar ham o‘z navbatida bo‘limlarga ajratilgan.

    3. AQSH konstitusiyasi shunday so‘zlar bilan boshlanadi: ”AQSH xalqi tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, adolat va tenglikni o‘rnatish hamda mustaqillik, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qonuniy kafolatlash maqsadida ushbu konstitusiya qabul qilindi.”

    4. AQSH konstitusiyasiga o‘tgan davrlar oralig‘ida 27 o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilgan.

    5. AQSH ning birinchi Prezidenti Jorj Vashington 1787 yilning 30 aprelida Amerika tarixida birinchi marta: ” Qo‘shma Shtatlarning Konstitusiyasini saqlash, himoyalash va muhofaza qilish yo‘lida bor kuchimni ayamayman”, deb qasamyod qabul qilgan.

    6. AQSH ning o‘ttiz ikkinchi Prezidenti Franklin Ruzvelt Amerika Prezidentlari ichida uzluksiz to‘rt muddatga saylangan ( 1932-1936-1940-1944) va AQSH dek buyuk davlatni eng uzoq muddat boshqargan, yagona davlat rahbari hisoblanadi...

    7. Franklin Ruzvelt 1932 yil saylovoldi tashviqotlari jarayonida AQSH ning 38 shtatida xalq bilan uchrashadi. “Yangi yo‘nalish”, deb nomlangan dasturi orqali mamlakatni iqtisodiy bo‘hrondan qutqarishini e’lon qiladi. Saylovda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan Ruzvelt AQSH xalqiga: ”Men yangi yo‘nalish dasturim orqali sizlarni bu falokatlardan olib chiqaman”, deb va’da beradi.

    8. Dastlab, Ruzvelt tarixda “100 kun” deb nom olgan maxsus sessiya chaqiradi. 99 kun davom etgan ushbu majlisda mamlakat uchun zarur islohotlarni amalga oshirish rejalashtiriladi.. Bir qator qonunlar qabul qilinadi.

    9. Franklin Ruzvelt ilgari surgan “Yangi yo‘nalish”ning asosiy mazmuni ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni to‘liq saqlagan holda, iqtisodiyot va ijtimoiy munosabatlarga davlat boshqaruvini joriy etishdan iborat edi.

    10. Franklin Ruzvelt va uning tarafdorlari yangi yo‘nalishdagi mamlakat iqtisodini boshqarishda davlat dasturlarini qabul qilish, mehnat qonunchiligini jiddiy qayta qurish, ishsizlikka qarshi kurashish, kambag‘allikni bartaraf etish, ijtimoiy sug‘urta asoslarini yaratish masalalariga jiddiy e’tibor qaratdi.

    11. Prezident Ruzvelt o‘z yo‘nalishini Amerika bank tizimini isloh qilishdan boshladi. Chunki inqiroz tufayli mamlakatdagi barcha banklar yopilgan edi. “Favqulodda bank” qonuni qabul qilinadi.

    12. 1933 yil 16 iyunda kuchga kirgan “Sanoatni qayta tiklash haqida” gi qonun “Yangi yo‘nalish” doirasida yana bir muhim qadam bo‘ladi. Sanoatning har bir sohasi uchun davlat qonuni sifatida tatbiq etilgan “Halol raqobat kodeksi” ishlab chiqiladi.

    13. Prezident Ruzveltning tashabbusi bilan mamlakatda ijtimoiy ishlar bo‘yicha maxsus qo‘mita tuziladi. Uning ixtiyoriga yo‘llar qurish, maktablarni ta’mirlash yuklatiladi. Buning natijasida 8 million amerikalik yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi.

    14. 1933 yilning 12 mayida “Fermerlarga yordam haqida” gi qonun qabul qilinadi...

    15. Franklin Ruzvelt Prezidentligining ikkinchi muddati Ikkinchi jahon urushining mashaqqatli yillariga to‘g‘ri keldi. U dunyo xalqlarini fashizm balosidan qutqazishda muhim o‘rin tutdi. Shuning uchun ham 1940 yilga kelib, Amerika xalqi Prezidentlikka Franklin Ruzvelt nomzodini uchinchi marta yana ko‘rsatdi. 1944 yilga kelib, AQSH xalqi allaqachon qat’iy qarorini qabul qilib bo‘lgan edi. Ruzvelt to‘rtinchi muddatga ham AQSH Prezidentligiga saylandi. O‘shanda respublikachilar partiyasi demokratlarga juda qattiq e’tiroz bildirishdi...

    16. AQSH ning eng buyuk va eng mashhur Prezidenti sifatida Franklin Ruzveltning nomi tarix sahifalariga muhrlandi...

 

Barchinoy HAMIDULLAYEVA tayyorladi.