Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti genetika va biotexnologiya kafedrasi o'rindosh professori, O'zRFA Mikrobiologiya instituti direktori, biologiya fanlari doktori, professor Qahramon Davronovlarning tug‘ilgan kuni.
Qahramon Davronov 1946-yil Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. 76 yoshni qarshi olgan olim, 55 yildan buyon O‘zRFA Mikrobiologiya instituti va SamDU da turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi qutlug’ sana bilan universitet jamoasi Qahramon Davronovni samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi

