1 iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan 2017 yil 31 may kuni Viloyat xalq ta'limi boshqarmasiga qarashli 1-son Mehribonlik uyida SamDU fizika fakulteti professor-o'qituvchilarining mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan «Yoshlar bizning kelajagimiz va baxtimiz» mavzusida uchrashuvi o'tkazildi.

  Uchrashuvda fakultet dekani R.M.Eshbo'riyev mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabrikladi va ularga fakultet jamoasi nomidan qimmatbaho sovg'alar taqdim etdi.