O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining “Ijtimoiy ish”, “Sotsiologiya”, “Psixologiya” va “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishlari bakalavriat bosqichining so‘nggi ikki kursi hamda tegishli magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalarni Agentlik tizimida stajirovka o‘tashga jalb etish maqsadida tanlov e’lon qilindi.
Mazkur stajirovka dasturi talabalarning oliy ta’lim muassasasida egallagan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish, ularni kelgusidagi kasbiy faoliyatga tayyorlash hamda ijtimoiy himoya sohasida malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tanlovda quyidagi ta’lim yo‘nalishlarining bakalavriat bosqichining so‘nggi ikki kursi hamda magistratura bosqichida tahsil olayotgan, belgilangan talablarga javob beradigan talabalar ishtirok etishlari mumkin:
Ijtimoiy ish
Sotsiologiya
Psixologiya
Yurisprudensiya
Ariza topshirish tartibi
Stajirovkada ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar 2026-yil 15-sentabrga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligining maxsus platformasi orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin:
https://internship.ihma.uz
Talabalarni mazkur imkoniyatdan unumli foydalanishga, tanlovda faol ishtirok etishga hamda kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan amaliy tajribani egallashga chorlaymiz.
Ariza topshirish muddati: 2026-yil 15-sentabr.
Maxsus platforma: https://internship.ihma.uz