2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida 60420100 — Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish istagini bildirgan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun Samarqand davlat universiteti Kengashining 2026-yil 30-iyundagi 12-yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.

Belgilangan muddatda, ya’ni 2026-yil 16-avgust soat 23:59 ga qadar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan hamda to‘lov chekini taqdim etmagan talabgorlar imtihon topshiruvchilar ro‘yxatiga kiritilmasligini ma’lum qilamiz.

Eslatma: Test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan amalga oshirish lozim.

Batafsil: https://www.samdu.uz/uz/news/64914