Yaponiyaning Hyogo universiteti Global Business Course magistratura dasturining 2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi
Bakalavriatning bitiruvchi bosqich talabalari Yaponiyaning Hyogo universitetining Global Business Course magistratura dasturining 2027-o‘quv yili uchun tanlovida ishtirok etishga taklif etiladi.
Mazkur dastur Yaponiyaning yetakchi universitetlaridan birida magistratura bosqichida tahsil olish, shuningdek, global biznes va xalqaro menejment yo‘nalishlarida zamonaviy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan yoki ta’lim olgan bakalavriatning bitiruvchi bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan:
- Iqtisodiyot;
- Biznes boshqaruvi (Business Administration);
- Menejment;
- Moliya;
- Xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
- Turizm;
- Xizmatlar sohasini boshqarish.
Hujjatlarni topshirish muddati
- Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: 2026-yil 1-14-dekabr
- Hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 25-dekabr
Batafsil ma’lumot: https://www.u-hyogo.ac.jp/english/academics/em/gbc/
Dastur va qabul shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz so‘raladi.

