Samarqand davlat universitetida Qabul komissiyasi mas’ul xodimlari tomonidan 60210400-Dizayn (kompyuter grafikasi, badiiy foto), 60211500- Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (zarbli cholg‘ular), 61010200-Sport faoliyati (futbol), 61010200-Sport faoliyati (voleybol), 61010200-Sport faoliyati (basketbol), 61010200-Sport faoliyati (gandbol), 61010200-Sport faoliyati (kurash) yo‘nalishlariga 9-13-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan imtihon xonalari shay holatga keltirildi.

Universitetda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun soya-salqin joylar hozirlanib, imtihon jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn kuzatib borish uchun maxsus joylar tayyorlandi.

Imtihonlarni shaffof va adolatli olib borilayotganini kuzatish maqsadida ota-onalar quyidagi havola orqali jarayonni kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.

Onlayn kuzatish uchun havola: https://camera-samdu.web.app/

Izoh: Xonalarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari real vaqt rejimida – hozir ham ishlamoqda.