Dissertatsiyasi himoyasi
Xodjabayev Farxod Davlatbayevichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Xodjabayev Farxod Davlatbayevichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarning obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillariga oid kompetentligini rivojlantirishda aralash ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Т.09.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashning 2026-yil 27-iyun kuni soat 1500 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. Tel.: (99866) 239-11-40 E-mail: devonxona@samdu.uz

