PhD.03/2025.27.12.B.09.10 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.B.09.10 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2026-yil 23-iyun kuni soat 1300 va 1500 da bo‘lib o’tadi.
KUN TARTIBI:
1. Umirzoqova Manzura Saloxiddinovnaning 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi boʻyicha “O‘rta Zarafshon Tenebrionidae (Coleoptera) oilasi qo‘ng‘izlari taksonomik tarkibi va ekologiyasi” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining himoyasi.
2. Urunova Gulrux Utkurovnaning 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi boʻyicha “Muhit va ozuqa omillarining Afrika laqqa (Clarias gariepinus) balig‘i morfologik va sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining himoyasi.
3. Har xil masalalar
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti faollar zali.

