E’lon!
Sizlarni “Oliy ta’lim, o‘quv markazlari va kitoblar dunyosi” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasiga taklif etamiz,
- 2026-yil 7-iyun
- Soat 15:00 dan 20:00 gacha
- Samarqand shahri, Yoshlar markazi
Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Malayziya va boshqa mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, o‘quv markazlari va nashriyotlari ishtirok etadi.
Tashrif buyuruvchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
- OTMlarga kirish bo‘yicha dolzarb ma’lumotlarni olish;
- Ta’lim dasturlari va chet elda o‘qish imkoniyatlari bilan tanishish;
- Universitetlar va o‘quv markazlari vakillari bilan bevosita muloqot qilish;
- Grantlar, stipendiyalar va keyingi ta'lim istiqbollari haqida bilib olish;
- O‘quv va badiiy adabiyotlarning yangiliklari bilan tanishish.
Tadbir 10-11-sinf o‘quvchilari, litsey va kollej bitiruvchilari, talabalar, shuningdek, ta’lim yo‘nalishi va kelajak kasbini tanlashga qiziqqan ularning ota-onalari uchun foydali bo‘ladi.
Kirish bepul.
Foydali ma’lumotlarni olish, mutaxassislarga qiziqtirgan savollarni berish va kelajagingizga muhim qadam tashlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

