XALQARO ANJUMANGA TAKLIF ETAMIZ
2026-yil 17–18-iyun kunlari Samarqand shahrida “Yevroosiyodagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlar: tarix va zamonaviylik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Rossiyaning Oltoy davlat universiteti, Qirg‘iz milliy universiteti, Shanxay chet tillar universiteti hamda Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti ushbu anjumanning tashkilotchilaridir.
Konferensiyaga olimlar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, aspirantlar, mustaqil tadqiqotchilar, tarix, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, madaniyatshunoslik va turdosh fanlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar taklif etiladi.
Konferensiyada Yevroosiyodagi arxeologik va etnografik tadqiqotlar, siyosiy jarayonlar, etnomadaniy jarayonlar, madaniyatlararo o‘zaro aloqalar, zamonaviy integratsiya, tarix manbashunosligi hamda tarixshunoslik masalalari muhokama qilinadi.
Anjumanda shaxsan yoki onlayn ishtirok etish, maqola yuborish (2026-yil 20-maygacha) mumkin. Konferensiya yakunida maqolalar to‘plamini chop etish rejalashtirilgan. Materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Tashkiliy qo‘mita nashr uchun materiallarni tanlab olish huquqiga ega.
Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish:
Lisenko Yuliya Aleksandrovna – Tel.: +7 (3852) 298 157, +7 906 966 15 74
Rashidova Feruza Shomuhammedovna – Tel.: +998 91 540-23-27
Elektron pochta: confaltai@asu.ru

