Shanxay universitetida Xitoy hukumati (CSC) “Ipak yo‘li” stipendiya dasturi
Shanxay universitetida (Shanxay sh., XXR) tahsil olish uchun nufuzli Xitoy hukumati stipendiyasi (CSC) – “Ipak yo‘li” (Silk Road Program) dasturiga arizalar qabuli ochiq. Bu dunyoning yetakchi universitetlaridan birida to‘liq grant asosida o‘qish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Shanxay universiteti (SHU) haqida
Shanxay universiteti – Xitoyning yetakchi davlat universiteti bo‘lib, “Project 211” va “Double First-Class” davlat tashabbuslari a’zosi hisoblanadi. Universitet ARWU (2025) jahon reytingida 201–300-o‘rinlarni, U.S. News (2025) reytingida esa 296-o‘rinni egallab turibdi. https://apply.shu.edu.cn
Universitetda 40 000 dan ortiq talaba, jumladan, 150 dan ortiq mamlakatdan 3 100 dan ziyod xorijiy talaba tahsil oladi.
“International Talent Development Program” quyidagi sohalarda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan:
- Muzeyishunoslik;
- Madaniy merosni saqlash;
- Dizayn;
- Jurnalistika va kommunikatsiyalar.
Mavjud ta’lim dasturlari:
- Museum Studies (Magistratura) – ingliz yoki xitoy tilida.
- Cultural Heritage (Doktorantura) – xitoy tilida.
- Design (Magistratura) – xitoy tilida.
- Journalism and Communication (Magistratura va doktorantura) – ingliz yoki xitoy tilida.
Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- O‘qish xarajatlarini to‘liq qoplash;
- Turar joy (talabalar turar joyi yoki ijara kompensatsiyasi):
- Magistratura uchun: oyiga 700 yuan;
- Doktorantura uchun: oyiga 1000 yuan;
- Har oylik stipendiya:
- Magistratura: 3 000 yuan;
- Doktorantura: 3 500 yuan;
- Tibbiy sug‘urta (yiliga 800 yuan).
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- 2026-yil bitiruvchilari;
- Avvalgi yillar bitiruvchilari;
- Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega va xalqaro ilmiy-ta’limiy faoliyatga qiziqqan talabalar.
Arizalar topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 10-may.
Qo‘shimcha ma’lumot olish va ariza topshirish uchun universitetning Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qiling.
Xitoyning yetakchi universitetlaridan birida tahsil olish va bebaho xalqaro akademik tajribaga ega bo‘lish imkoniyatidan foydalaning!

