Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi dotsenti G'ulomov G'ulomalining  Muhandislik fizikasi instituti  Elektronika va asbobsozlik yo'nalishi 2-kurs 207-guruh talabalariga "Analogli va raqamli sxemotexnika" fanidan "Kuchaytirgichlardagi teskari bog'lanishlar " mavzusida namunaviy ochiq darsi o'tadi.

Dars 2026-yil 10-aprel  kuni, Muhandislik fizikasi institutining 309-auditoriyasida soat 09:00 da boshlanadi. Darsga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.