Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi dotsenti Fazlitdin Salaxitdinovning  Muhandislik fizikasi instituti  Texnologik jarayonlar yo'nalishi 2-kurs 208-guruh talabalariga "Boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari" fanidan "Elektron signallarni boshqarish uchun yarimo’tkazgichli asboblar va ishlash prinsipi NPN va PNP " mavzusida namunaviy ochiq darsi o'tadi.

Dars 2026-yil 7-aprel  kuni, Muhandislik fizikasi institutining 209-auditoriyasida soat 10:30 da boshlanadi. Darsga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.