O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi (UJICY) sizni Tokio universitetining Matsuo-Ivasa laboratoriyasi tomonidan tashkil etilayotgan GCI World Program xalqaro ta’lim dasturida ishtirok etishga taklif etadi.

Dastur haqida:
GCI (Global Consumer Intelligence) — bu ma’lumotlar tahlili (Data Science) va sun’iy intellekt sohasidagi fundamental bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularni marketingda amaliy qo‘llashga qaratilgan 3 oylik onlayn ma’ruzalar kursidir. Dastur ishtirokchilarga ma’lumotlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini — asosiy tushunchalardan tortib, amaliy uslub va vositalargacha tizimli ravishda o‘zlashtirish imkonini beradi.

Dasturning afzallik tomonlari:
• Bepul ta’lim
• Mashg‘ulotlarning onlayn formati
• Ingliz tilida o‘qitish
• Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlik to‘g‘risida sertifikat
• Professional rivojlanish imkoniyati
• Maxsus imkoniyat: Eng yaxshi ishtirokchilar uchun Yaponiyaga o‘quv safariga taklifnoma olish imkoniyati mavjud.

Dastur muddatlari:
• Boshlanish sanasi: 2026-yil 8-aprel
• Arizalar topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 2-aprel
• Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 2026-yil 30-mart (14:00 UTC) weblab.t.u-tokyo.ac.jp/en/lecture/gci/

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
• Talaba maqomiga ega bo‘lish;
• Kursni o‘zlashtirish uchun ingliz tilini yetarli darajada bilish.

Barcha qiziquvchi talabalarni xalqaro tajriba orttirish hamda sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish uchun ushbu imkoniyatdan foydalanishga taklif etamiz.