Ochiq dars
Samarqand davlat universiteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi o’qituvchisi Otabek Ne'matov Muhandislik fizikasi instituti Fizika yo’nalishi 3-kurs talabalariga “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” tanlov fanidan “p – n - o‘tish yordamida o‘zgaruvchan toklarni to‘g‘rilash. Yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilovchi diodlar" mavzusida ochiq dars o’tadi.
Dars 2026-yil 5-mart kuni, 1- juftlik soat 09:00 da Muhandislik fizikasi institutining 214-xonasida boshlanadi. Darsga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.

