Samarqand davlat universiteti Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi dotsenti Srajev Soliddin Ne'matovichning Muhandislik fizikasi instituti 1-kurs  Fizika mutaxassisligi magistrantlariga "Yarimo'tkazgichlar fizikasi" fanidan " Yarimoʻtkazgichlarning aralashmali oʻtkazuvchanligi" mavzusida namunaviy ochiq darsi o'tadi.

Dars 2026-yil 4-mart kuni, Muhandislik fizikasi institutining 304-auditoriyasida soat 12:30 da boshlanadi. Darsga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.