2026–2027-o‘quv yili uchun ORHUN almashinuv dasturi (kuz va bahor semestrlari) uchun arizalar qabuli boshlandi
2026–2027-o‘quv yili (kuz va bahor semestrlari) uchun ORHUN almashinuv dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi.
Dastur doirasida Turkiy Universitetlar Ittifoqiga a’zo universitetlar tomonidan e’lon qilingan yo‘nalishlar (kafedralar)da bir semestr tahsil olishni istagan bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichi talabalari, shuningdek, dastur doirasida dars berish faoliyatini amalga oshirishni istagan akademik xodimlar ishtirok etishlari mumkin.
Arizalar taqvimi
2026-yil 26-fevral – 2026-yil 25-mart
Talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida dastur haqida ma’lumot tarqatish hamda oliy ta’lim muassasalarida arizalarni qabul qilish.
2026-yil 25-mart – 2026-yil 13-aprel
Qabul qilingan arizalarni baholash va natijalarni Muvofiqlashtiruvchi universitetga taqdim etish. Arizalarni Muvofiqlashtiruvchi universitet tomonidan taqsimlash.
2026-yil 20-aprel
Natijalar haqida Muvofiqlashtiruvchi universitetga xabar berish va Muvofiqlashtiruvchi universitet tomonidan yakuniy natijalarni e’lon qilish.
Ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar
Talabalar almashinuvi uchun:
-
Talaba ma’lumotnomasi
-
Transkript
Akademik xodimlar mobilligi uchun:
-
Akademik xodim ma’lumotnomasi
-
Akademik xodimlar mobilligi dasturi
Hujjatlar bilan quyidagi rasmiy sayt orqali tanishish mumkin:
https://turkunib.org/tr/orhun
Arizalarni ko‘rib chiqish shartlari
-
Faqat bitta universitet va bitta semestr tanlanishi lozim.
-
Barcha hujjatlar kompyuterda to‘ldirilgan bo‘lishi shart.
-
Talabalar uchun o‘rtacha reyting ko‘rsatkichi kamida 2.5 / 4.00 bo‘lishi kerak.
Almashinuv dasturida ishtirok etishni istagan talabalar va akademik xodimlar o‘zlari tahsil olayotgan yoki faoliyat yuritayotgan universitetning almashinuv dasturi koordinatoriga murojaat qilishlari mumkin.
Dastur haqida batafsil ma’lumotni http://turkunib.org/orhun saytidan olishingiz yoki orhun@manas.edu.kg elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlangan turkiy oliy ta’lim muassasalari haqida
Tanlangan turkiy oliy ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumotni ilova qilingan EXCEL shaklidan olishingiz mumkin.

